O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi Gulruh Mamaraimova mazkur loyiha haqidagi fikrlari va takliflari haqida gapirib berdi: 

– Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda ko‘rilayotgan ishlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Shu sababli, sudlarda ishlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish maqsadida mamlakatimiz sud-huquq sohasida muntazam islohotlar amalga oshirilmoqda. Sudyalar korpusini son jihatdan oshirish, sudlarda ishlarni yuritishning soddalashtirilgan hamda elektron shakllarini joriy qilish hamda ushbu shakllarda ish yuritish hajmini oshirish shular jumlasidan.

Ham amaliyotchi, ham nazariya bo‘yicha mutaxassis sifatida, sudlarda ko‘rilayotgan ish hajmiga ta’sir qilishning bir vositasi sifatida qonunchiligimizni fuqarolar (boshqa huquq sub’ektlar)ning o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishini rag‘batlantirishga qaratilgan normalar bilan yanada boyitish zarurati bor, deb hisoblayman.

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 333-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. 

Loyihaga ko‘ra, Mehnat kodeksining 333-moddasi ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon qilinishi nazarda tutilgan: xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan pulli kompensatsiyaning miqdorini hisoblashda kechiktirilgan to‘lov miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki asosiy stavkasining to‘rt foiziga ko‘paytiriladi, so‘ngra ushbu miqdor kechiktirilgan kunlar soniga ko‘paytiriladi (kechiktirilgan to‘lov (asosiy stavka 4 foiz) kechiktirilgan kun = pulli kompensatsiya). 

Taklif qilinayotgan loyihada pulli kompensatsiya miqdori Markaziy bankning asosiy stavkasiga foiz nisbatida olinmoqda. O‘z navbatida, bu stavka o‘zgaruvchan bo‘lib, keyinchalik pulli kompensatsiyalarni hisoblashda noqulaylik keltirib chiqarishi mumkin, degan fikrdamiz.

Sababi, to‘lov kechiktirilgan davrda asosiy stavka o‘zgarsa, pulli kompensatsiya kichkina tafovut bilan ikki xil foiz ko‘rsatgichi bilan hisoblanishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. 

Shu sababli, boshqa qonunchilik hujjatlarida mavjud norma ijodkorligidan kelib chiqib, to‘lov kechiktirilgan kunlar uchun aniq, misol uchun, “har kechiktirilgan kun uchun kechiktirilgan summaning 0,4 foiz miqdorida pullik kompensatsiya undiriladi” shaklida loyihani to‘ldirish maqsadga muvofiq. Bu xalq uchun ham, qonunni qo‘llovchi uchun ham qulay bo‘lar edi. 

Shuningdek, mazkur normaga yana bir taklifimiz mavjud. Unga ko‘ra, ushbu ish beruvchi to‘lov muddatini qancha ko‘p kechiktirsa, uning javobgarligi hajmi oshib borilishini belgilash maqsadga muvofiq. Ya’ni, ish beruvchi xodimga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlarni kechiktirgan 1 - 3 oylari uchun har kechiktirgan kuni uchun kechiktirilgan summaning 0,4 foiz miqdorida, 4 - 6 oylari uchun 0,8 foiz miqdorda, 6 oydan ortiq muddatga kechiktirgan kunlari uchun 1 foiz miqdorida pulli kompensatsiya hisoblanishi lozim, deb hisoblaymiz. Sababi, to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirishni qancha ko‘p kechiktirsa, javobgarlik hajmining shuncha oshishi bu ish beruvchi tomonidan o‘z majburiyatlarini vaqtida va ixtiyoriy bajarishga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu o‘rinda, Mehnat kodeksidagi yana bir normaga qonun ijodkorlarining e’tiborini qaratishni istardim. Shu loyiha doirasida ushbu norma ham muhokama qilinib, qonunchilikdagi ayrim noaniqliklar bartaraf etilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lar edi. 

Mehnat kodeksining 336-moddasida xodimning hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bo‘yicha sudgacha tartib joriy qilingan. Unga ko‘ra, xodim o‘zining hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan ziyonni qoplash haqidagi ariza bilan sudga murojaat qilishdan oldin ish beruvchiga ariza bilan murojaat qilishi lozimligi belgilangan (xodim yoki ziyonning o‘rni qoplanishiga doir huquqqa ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan rozi bo‘lmagan yoki Mehnat kodeksining 336-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatda javob olmagan taqdirda, ular ushbu nizoni hal qilish uchun sudga murojaat qilishi mumkin). 

Shuningdek, shu mazmundaga norma Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 11 fevraldagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan “Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi tufayli yetkazilgan zararni to‘lash qoidalari”ning 40-bandida ham belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, xodim yoki manfaatdor shaxslar ish beruvchining qaroridan norozi bo‘lgan yoki belgilangan muddatda javob olinmagan taqdirda ushbu nizoni hal etish uchun sudga murojaat qilishi mumkin. 

Bu, o‘z navbatida, Mehnat kodeksi 558-moddasining ikkinchi qismidagi normaga muvofiq kelmaydi. Mazkur norma birinchi qismida bevosita sudlar tomonidan ko‘rib chiqiladigan mehnat nizolari sanab o‘tilgan bo‘lsa, ushbu normaning ikkinchi qismida bevosita sud tomonidan ko‘rilishi belgilangan nizolardan tashqari yakka tartibdagi mehnat nizolari (har qanday yakka tartibdagi mehnat nizosi nazarda tutilgan) xodimning xohishiga ko‘ra bevosita sudlarda ko‘rilishi belgilangan.

Shu o‘rinda, qonun ijodkorlaridan ushbu masalaga ham yechim berib ketishlarini so‘rab qolamiz. Agar mutaxassis sifatida aytadigan bo‘lsak, sudgacha tartib qaysidir ma’noda sudlarda ko‘riladigan ish hajmiga ta’sir qiladi. Sudgacha, tartib muddatlari juda qisqa bo‘lib, bu xodimning huquqlari buzilishiga sabab bo‘ladi, deb hisoblamaymiz. 

Shu o‘rinda, qonunchilikda mehnat nizolarini sudgacha hal qilish tartiblarini saqlab qolish, shuningdek, ularning hajmini oshirish tarafdoriligimizni ma’lum qilish bilan birga, ish beruvchilarning o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy bajarishga qaratilgan qonunchilikni huquqiy tizimimizga joriy qilishni ham taklif qilamiz. 

Ya’ni, xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zararlarni undirish yuzasidan xodim va manfaatdor shaxslar sudga murojaat qilishidan oldin ish beruvchiga murojaat qilishi lozimligi, bunda ish beruvchi tomonidan bir yo‘la to‘lanadigan pullik kompensatsiya ixtiyoriy qoplanganda, u xodimning 1 yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi, agar sud tomonidan undirish belgilanganda xodimning 1,5 yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi kerak, degan qoidalarni joriy qilish nizolarni sudsiz hal qilishga xizmat qiladi.                                                               

O‘zA muxbiri

                                                         N.Abduraimova

yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudya taklifi: qonunlarda majburiyatlar ixtiyoriy bajarilishini rag‘batlantirishga oid normalar bo‘lishi kerak