Sudya ayollar mehnati e’tirof etildi
Andijon viloyati sudida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
bugungi kunda barcha sohalar qatori sud tizimida ham ko‘plab ayollar samarali faoliyat olib bormoqda. Ular o‘zlarining fidoyiligi, halol mehnati, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishi bilan odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash ishiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.
[gallery-10894]
Andijon viloyatida o‘tgan 2022 yil va joriy yilning o‘tgan davri sud tizimida mehnat qilayotgan ayollar uchun yutuqlarga boy bo‘ldi. Xususan, viloyat sudi sudyasi Gulnoraxon Asranova “Ibratli sudya” mukofotiga munosib deb topilgan bo‘lsa, kuni kecha viloyat sudining yana bir sudyasi Cho‘lponoy Ismoilova Sudyalar oliy kengashining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. Bu, albatta, ularning sudyalik burchini benuqson, samarali, halol amalga oshirib kelayotganligining e’tirofidir.
Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyat sudi raisi Ta’latbek Meliboyev va boshqalar oilada oqila, jamiyatda faol sud tizimida mehnat qilayotgan barcha opa-singillarimizni muborakbod etdi. Qonun ustuvorligi va odil sudlovni ta’minlashda ular hamisha namunali ish olib borishlariga ishonch bildirdi.
Bayram tadbirida qatnashgan barcha xotin-qizlarga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
F. UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA