Sudlar tomonidan xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatildi
Navoiy viloyat sudida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
Tadbir avvalida viloyat sudi raisi Abdullo Allayev tizimda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni bayram bilan tabriklab, mamlakatimizda barcha sohalar qatori sud-huquq tizimida ham amalga oshirilayotgan islohotlarda ayollarning alohida o‘rni borligini ta’kidladi.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha sudlarda 72 nafar sudya faoliyat yuritadi. Ularning 11 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. Jumladan, viloyat sudida 3 nafar, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar, Zarafshon shahar va Tomdi tuman sudlarida 1 nafardan, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudida 4 nafar hamda Navoiy tumanlararo ma’muriy sudida 1 nafar ayol sudya faoliyat yuritib kelmoqda.

Tadbir davomida xotin-qizlarga gullar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri