Oliy sud tomonidan o‘tgan yilda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan ishlarni sarhisob qilish yakunlandi. Fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlarda qanday ishlar ko‘rib chiqilgani va ularning natijalari haqida xabar bergan edik. Quyida jinoyat ishlari tahlillari bilan tanishasiz.

– 2023 yil davomida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 58,5 mingga yaqin ziyod jinoyat ishi ko‘rib chiqildi, – dedi Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov. – Jinoyat ishlarini adolatli ko‘rib chiqish natijasida 1 ming 244 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

Sudlangan shaxslar soni 55 ming 763 nafarni tashkil etib, shundan 17 ming 396 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 37 mingdan ziyodiga boshqa turdagi jazolar tayinlandi.

1 ming 290 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlangan shaxslarning 49 ming 297 nafari erkak, 6,5 mingga yaqini ayol, qariyb 21 ming nafari yoshlar va 2 mingdan ziyodi 60 yoshdan oshgan shaxslarni tashkil etdi.  

7 ming 362 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi.

33 ming 612 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi. 12 ming 286 nafariga tayinlangan jazo yengili bilan almashtirildi. 13 ming 522 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi.  

272 nafar shaxsga (yoshlar, ayollar va boshqalar) kafolat xatlari asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Jinoyat ishlarning aksariyatini firibgarlik, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, o‘g‘rilik, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish kabilarni tashkil etdi.  

Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar ham kam emas.  

Keyingi o‘rinlarda hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish, qasddan badanga yengil shikast yetkazish, bezorilik, qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish va pora berish bilan bog‘liq jinoyatlar qayd etildi. 

Yarashuv institutining samarali qo‘llanilishi natijasida 14 ming 698 nafar shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplagan 8,5 mingdan ziyod shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlandi.  

Apellyatsiya tartibida 15 ming 720 nafar shaxsga nisbatan 10 ming 843 jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 1,7 ming nafardan ortiq shaxsga nisbatan birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 3,5 ming nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 5 mingdan ortiq jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Mingdan ziyod shaxsga nisbatan quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 509 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

Kassatsiya instansiyasida 402 jinoyat ishi takroran ko‘rib chiqildi. 288 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan qarorlar bekor qilinib, 121 nafar shaxsga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari o‘zgartirildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sudlar tomonidan o‘tgan yilda 1 ming 244 nafar shaxs oqlandi