Sudanda 70 dan ko‘p odam fojiali halok bo‘ldi
Sudanning Shimoliy Darfur shtati Fashir shaharchasi markazidagi shifoxonaga uchuvchisiz samolyot hujumi uyushtirildi. Oqibatda 70 dan ziyod inson hayotdan ko‘z yumdi.
"Sudan News Agency" - SUNA xabariga ko‘ra, mintaqa rahbari Mini Arko Minavi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida "Tezkor harakat kuchlari tomonidan kasalxonaning tez yordam bo‘limiga zarba berilgani, natijada ko‘plab bemorlar, jumladan ayollar va bolalar halok bo‘lgani"ni bildirdi.
Bayonotda Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hujumdan keyin zarur xizmat ko‘rsata olmagani ham qo‘shimcha qilingan.