So‘z erkinligi har bir inson uchun huquq, shuningdek, mas’uliyat va majburiyat ham. Mamlakatimizda so‘z, fikr erkinligi Konstitutsiya darajasida kafolatlangan. Xususan, qomusimizning 33-moddasida belgilanganidek, har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega.

Poytaxtimizda tashkil etilgan, sudyalar va sud ijrochilarini so‘z erkinligi va axborotdan foydalanishga oid xalqaro standart bilan yaqindan tanishtirish maqsadini ko‘zlagan seminar-trening ayni jarayonni takomillashtirishga xizmat qiladi.

Mazkur yo‘nalishda mamlakatimiz sudlari salohiyatini oshirishga qaratilgan mazkur media dastur UNESCO va Sudyalar oliy maktabi hamkorligida tashkil etildi.

12-14 avgust kunlariga belgilangan tadbirda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy ekspertlar, sudyalar ishtirok etmoqda.

Tashabbus Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) hamda UNESCO jurnalistlar xavfsizligi bo‘yicha ko‘p donorlik dasturi tomonidan moliyalashtiriladi.

O‘zbekistonda sud tizimining asosiy huquqni tushunish va qo‘llash darajasini oshirishga qaratilgan treningda so‘z erkinligini himoya qilish va axborotdan foydalanishni rag‘batlantirishga doir xalqaro huquqiy baza, mintaqaviy standart va ilg‘or tajriba haqida keng qamrovli tushuncha berib boriladi.

Mashg‘ulot davomida yigirma besh ishtirokchi huquq doirasi, qonuniy cheklov, nafrat tili (hate speech), ommaviy axborot vositalarini tartibga solish va raqamli landshaft kabi muhim mavzular bo‘yicha fikr almashadi.

Qayd etish kerak, UNESCO mamlakatimiz qonunchilik bazasi va amaliyotini xalqaro standartga moslashtirish borasidagi sa’y-harakatni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu trening nufuzli xalqaro tashkilotning butun dunyo bo‘ylab OAV va so‘z erkinligini targ‘ib qilishga qaratilgan keng dasturining bir qismi hisoblanadi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/to8zxYoiA3U" title="Sud tizimida so‘z va axborot erkinligi ta’minlanadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

– Ushbu trening respublikaning so‘z erkinligi va axborot olish huquqini qo‘llab-quvvatlashga sadoqatini mustahkamlashda muhim qadamdir, – deydi UNESCO O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi. – Bunday tadbir Markaziy Osiyoda birinchi marta tashkil etilayotgani yo‘q. Dasturlarimiz doirasida ekspertlar ayni o‘quv dasturlarini Tojikiston va Qozog‘istonda ham amalga oshirgan. Sud tizimi xodimlari bilan bunday trening o‘tkazish ahamiyati shundaki, ular axborot olish va so‘z erkinligini ta’minlashning muhim tayanchidir. Sudyalar oliy maktabi ushbu treningga qiziqish bildirganidan juda xursandmiz. Ishonamanki, hamkorligimiz izchil davom etadi. Shuningdek, media dastur doirasida prokuratura hamda Ichki ishlar akademiyasi bilan turli o‘quv dasturlari, treninglar tashkil etyapmiz. Dezinformatsiya va yolg‘on ma’lumotga qarshi kurashda jurnalistlar, soha ekspertlari, media va axborot savodxonligi bo‘yicha o‘qituvchilar bilan birga ishlayapmiz. Sudyalarni zarur bilim va vosita bilan ta’minlash orqali yanada adolatli, ochiq jamiyat shakllantirishga hissa qo‘shamiz.

Treningda onlayn so‘z erkinligi, internetni tartibga solish va sun’iy intellekt ta’siri mavzulari ham ko‘rib chiqiladi. Ishtirokchilar o‘zlashtirilgan tushunchalarni real dunyo tajribasida qo‘llash nazarda tutilgan amaliy tadqiqot va muhokamalarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.

– So‘z erkinligi mavzusi Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi faoliyatida muhim yo‘nalish hisoblanadi, – deydi mazkur тузилманинг Rivojlanish bo‘yicha hamkorlik bo‘limi rahbari o‘rinbosari Ursula Keller. – Biz suv muammosi, inklyuziv iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha faoliyat olib boramiz. Shu bilan birga boshqaruv, inson huquqi yo‘nalishida ham ishlaymiz. Zero, javobgarlik va shaffoflik sa’y-harakatimiz asosini tashkil etadi. Ishonamizki, UNESCO ko‘magida Sudyalar oliy maktabida amalga oshirilayotgan ushbu trening so‘z erkinligi va axborot olish bo‘yicha O‘zbekiston demokratik boshqaruv yo‘lida amalga oshirayotgan islohotlar jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Binobarin, so‘z va OAV erkinligi, barcha uchun ochiq axborotni ta’minlash har qanday demokratik boshqaruv tizimining asosiy ustunidir.

[gallery-18712]

Trening yakunida UNESCO tomonidan mahalliylashtirilgan va mahalliy hamkorlar ehtiyojiga moslashtirilgan resurslardan foydalangan holda, sudyalar uchun axborot olish va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha o‘quv moduli ishlab chiqiladi.

Go‘zal Sattorova, Abror Sodiqov (surat, video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimida so‘z va axborot erkinligi ta’minlanadi (+video)