O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi rivojlanishi tarixiga nazar tashlasak, 1993 yil 2 sentyabrda "Sudlar to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilingan. Mazkur qonun bilan sudlar faoliyati tartibga solingan (Konstitutsiyaviy sud bundan mustasno). 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.

Ijtimoiy munosabatlar, sud-huquq islohotlari rivojlangani sari yangi qonun normasini qabul qilishga ehtiyoj seziladi. 2021 yil 28 iyul kuni «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun qabul qilinganligi munosabati bilan 1993 yil 2 sentyabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni hamda 2000 yil 14 dekabrda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahriri o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

2021 yil 28 iyul kuni «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni oldin qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunlardan farqi nimada?

Yangi qabul qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi belgilandi. Oliy sud sudyasi lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshi 70 yoshni, boshqa sudlar sudyalari uchun – 65 yoshni tashkil etishi ko‘rsatildi.

Sudyalarning lavozimda bo‘lish muddatlari ko‘rsatildi. Unga ko‘ra, sudya birinchi marta 5 yillik muddatga, navbatdagi 10 yillik muddatga va lavozimda bo‘lishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda saylanadi yoki tayinlanadi.

Xalq maslahatchisi bo‘lishga qo‘yiladigan talab belgilandi.

35 yoshdan kichik bo‘lmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yig‘ilishida ochiq ovoz berish yo‘li bilan ikki yarim yil muddatga saylangan O‘zbekiston fuqarosi xalq maslahatchisi bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatildi.  

Yangi qabul qilingan qonun bilan sudyalarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq normalar kiritildi, hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emasligi, odil sudlovni amalga oshirishda har bir kishiga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlandi.

R.Qosimov, Farg‘ona viloyat sudi

 fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud tizimi rivojlanishi tarixiga nazar tashlasak...