Sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyalarning keng joriy etilayotgani sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, odil sudlovga erishish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash imkonini berdi.

2025 yil 12 martda kuchga kirgan “Aholiga sud muhokamalarida masofadan ishtirok etish uchun yanada qulay sharoitlar yaratilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ushbu sohada yangi qulayliklar yaratdi.

– Sudlar faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar fuqarolarga o‘z huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda muhim o‘rin tutmoqda, – dedi Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Abdulhakim Eshmurodov. – Oliy sudning “Adolat” axborot tizimlari kompleksi platformasida Interaktiv xizmatlar portali (my.sud.uz) ishga tushirildi. Unda jismoniy va yuridik shaxslar uchun sudlarga elektron shaklda murojaat qilish, sud xarajatlarini elektron tarzda to‘lash, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari bilan tanishish, ishlar holatini onlayn kuzatib borish, sud chaqiruv qog‘ozini elektron olish, sud majlisi jadvali bilan onlayn tanishib borish, dunyoning istalgan nuqtasidan turib sud majlislarida mobil videokonferensaloqa tizimi orqali ishtirok etish kabi interaktiv xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, 2022-2023 yillarda sud protsessi ishtirokchilari videokonferensaloqa rejimida sud majlisini o‘tkazish interaktiv xizmati (vka.sud.uz)dan keng foydalangan. Jami 150 mingdan ortiq sud majlisida ishtirok etilgan va bu amalda protsess ishtirokchilariga yengillik yaratgan.

Sudning mobil videokonferensaloqa rejimidagi majlislari kibertahdidlardan himoyalangan. Jarayonlarda xavfsiz kanallar, xususan, “OneID” yagona identifikatsiya tizimida ro‘yxatdan o‘tib vka.sud.uz manzili orqali “TE Mobile” va “TE Desktop” ilovalaridan foydalangan holda zamonaviy shaxsiy aloqa qurilmalar (smartfon, planshet, noutbuk) vositasida ishtirok etish mumkin.

Biroq fuqarolik, iqtisodiy hamda ma’muriy sud ishlarini yuritishda sud protsessi ishtirokchilarining mobil videokonferensaloqa orqali sud majlisida ishtirok etishining huquqiy asoslari mavjud emas edi.

Shu sababli, mazkur interaktiv xizmatlardan foydalanish uchun yaratilgan barcha tashkiliy imkoniyatlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlari sifatida qonun darajasida kafolatlab qo‘yishga, shuningdek, shakllangan amaliyotni protsessual jihatdan mustahkamlab qo‘yish zarurati yuzaga keldi.

Yangi qonun bilan Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual va Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodekslarga sud majlislarida sud binosiga kelmasdan masofadan turib mobil videokonferensaloqa rejimida ishtirok etishning protsessual asosi va tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Endilikda fuqarolik, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillari belgilangan tartibda smartfon, planshet, noutbuk vositasida ishtirok etishi mumkin.

Qonun aholining sud majlislarida qatnashish uchun sud binolariga kelish bilan bog‘liq ovoragarchiligining oldini oladi. Sudlar faoliyatini raqamlashtirishni kengaytirish orqali ishlarni yuritishda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan korrupsiyaviy omillar bartaraf etiladi. Fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish darajasi oshadi. Shuningdek, mamlakatning xalqaro reytinglardagi nufuzi yaxshilanadi.

Norgul Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud majlisida smartfon orqali masofadan ishtirok etish mumkinmi?