Yurtimizda qonunchilikdagi yangiliklar va ularning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazib borish – biz sudyalar zimmasidagi muhim vazifalardan biridir. Shu bois, bugun mamlakatimizda qabul qilingan ayrim yangi huquqiy hujjatlar haqida so‘z yuritmoqchimiz.

Ma’lumki, odam savdosi jinoyati hanuzgacha butun dunyo bo‘ylab dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Respublikamizda ham bu jinoyatning oldini olish va unga qarshi samarali kurashish masalasi doimo e’tibor markazida turibdi.

Shu munosabat bilan, 2025-yil 19-may kuni "O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi. Ushbu o‘zgartirishlarga ko‘ra, odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun belgilangan jazolar kuchaytirildi.

Jumladan, 135-moddaning 2-qismiga asosan odam savdosi jinoyatini ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, ojiz ahvoldaligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan, aybdorga moddiy jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bo‘lgan shaxsga nisbatan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, xizmat mavqeidan foydalangan holda, jabrlanuvchini O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasidan olib o‘tgan holda yoki uni chet elda qonunga xilof ravishda ushlab turgan holda, qalbaki hujjatlardan foydalangan holda, xuddi shuningdek jabrlanuvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘ygan, yashirgan yoxud yo‘q qilib yuborgan holda, inson a’zolarini va (yoki) to‘qimalarini olish maqsadida hamda fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb etish maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ilgari mazkur jinoyat uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanardi.  

Bordi-yu, odam savdosi jinoyati o‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali yoinki o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoxud odam o‘g‘irlash jinoyatini ilgari sodir etgan shaxs tomonidan, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, jabrlanuvchining o‘limiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu esa 135-moddaning 3-qismida qayd etilgan. Ayni paytgacha ushbu jinoyat uchun 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangandi.

Sud-huquq sohasidagi qo‘shimcha yangiliklar

Shuni alohida e’tirof etish lozimki, 2023 yil 30 aprelda Bosh qomusimiz yangilandi. Natijada Yangi O‘zbekistonning insonparvarlik siyosati yaqqol namoyon bo‘ldi. Mana 2 yildirki, mamlakatimiz qonunlari ham yangilangan Konstitutsiyamizga mos holatda takomillashtirilmoqda. Binobarin, 2025 yil 9 iyun kuni Prezidentimiz tomonidan "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlar faoliyatining hamda fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlarini kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun imzolandi.

Mazkur qonunga muvofiq, fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytirildi. Xususan, Jinoyat-protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi istalgan vaqtda sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi belgilandi. Agar shaxsning o‘z aybini tan olganligi unga qarshi yagona dalil bo‘lsa, u aybdor deb topilishi yoki jazoga tortilishi mumkin emas.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyulda qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida"gi qonunga ham tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Ya’ni, qonunning yangi tahrirda bayon etilgan 9-moddasi 2-qismiga ko‘ra, sudyalar muayyan ishlar bo‘yicha hisobdor bo‘lmaydi.

Mazkur moddaning yangi kiritilgan – to‘ldirilgan uchinchi qismida sudyani muayyan ishning muhokamasidan chetlashtirishga yoki uning vakolatlarini to‘xtatib turishga, boshqa lavozimga o‘tkazishga faqat qonunda belgilangan tartibda va asoslarga ko‘ra yo‘l qo‘yilishi belgilandi.

Albatta, qonunlarning takomillashib borishi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli sud-huquq islohotlarining samarasidir. Zero, tizimdagi barcha islohotlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan.

Shuhratjon QURBONOV,

Namangan viloyat sudining sudyasi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud-huquq sohasidagi yangi qonunlardan xabaringiz bormi?