Sud-huquq sohasida konstruktiv va özaro manfaatlarga asoslangan xalqaro hamkorlik kengaytiriladi
Özbekiston va Turkiya örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tez surʼatlarda kengayib bormoqda.
Köp asrlik döstlik va alohida strategik şeriklik riştalarini yanada rivojlantiriş hamda mustahkamlaş dolzarb masala bölib, ular sirasida sud hokimiyati organlarining özaro hamkorligini takomillaştiriş alohida örin tutadi.
Bu fikrlar Oliy sud raisining örinbosari Ş.Polvanov va Turkiya Respublikasi Adliya vazirining örinbosari S.Ayyildiz uçraşuvida qayd etildi.

Özaro muloqotda sudlar faoliyatiga sunʼiy intellekt texnologiyalarini tatbiq etiş orqali odil sudlovga erişiş darajasini oşiriş, fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquqlarini sud orqali himoya qilişning zamonaviy mexanizmlarini joriy qiliş hamda Yangi Özbekistonda inson huquqlarini işonçli himoya qiluvçi xalqçil va adolatli sud tizimini barpo etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlar xususida batafsil maʼlumot berildi.
Turkiya delegatsiyasi aʼzolari sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etiş va raqamlaştiriş jarayonlarini jadallaştirişga qaratilgan «Raqamli sud» konsepsiyasi doirasida işlab çiqilgan axborot tizimlari va sunʼiy intellekt modullari bilan yaqindan tanişdi.

Tomonlar sud-huquq sohasida konstruktiv va özaro manfaatlarga asoslangan hamkorlik kengaytirilişining tarafdori ekanliklarini bildirib, özlarini qiziqtirgan boşqa masalalarni ham muhokama qildi.
Mehmonlar Oliy sud muzeyida bölib, Özbekiston sud tarixiga oid noyob eksponatlar bilan ham tanişdi.
N.Abduraimova, ÖzA