O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizom davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazilishi tartibi va shartlarini belgilab beradi.

Nizom xorijiy tashkilot va chet el fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun ham tatbiq etilishi mumkin. Bunda har bir ekspertiza tashkiloti faoliyati xususiyatiga ko‘ra sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. 

Advokat so‘roviga ko‘ra tadqiqotlar iqtisodiy, fuqarolik va ma’muriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chog‘ida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan amalga oshiriladi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot)lar tomonidan qonunchilikka ko‘ra ruxsat etilgan sud ekspertizasi turlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga muvofiq shartnoma asosida tadqiqotlar o‘tkazilib, mutaxassis fikri berilishi mumkin.

Ekspertiza tashkilotiga qaror (ajrim), so‘rov, murojaatlar hamda ularning natijasi bo‘yicha ekspertiza xulosasi yoki mutaxassis fikri yozma yoxud elektron shaklda taqdim etiladi. Tadqiqotlar sud eksperti tomonidan o‘tkaziladi.

Ekspertizani tayinlashga vakolatli organ (shaxs) bilan kelishmasdan boshqa shaxslarni tadqiqotlarni o‘tkazish uchun jalb qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tizimida davlat sud-ekspertiza muassasalari hamda bo‘linmalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar ikki oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizomga muvofiq sud ekspertizasini o‘tkazish tartibi hamda mutaxassis fikrini berishni nazarda tutuvchi ichki nizom ishlab chiqib, tasdiqlashi, o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirishlari shart bo‘ladi. 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sud ekspertizasi tadqiqotlari o‘tkazish bo‘yicha namunaviy nizom tasdiqlandi