Stubb: Rossiyaga chegaradosh Yevropa mamlakatlari Moskva bilan muloqotda muhim o‘rin egallashi mumkin
Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb ta’kidlashicha, agar AQSHning harakati Yevropa Ittifoqi manfaatiga xizmat qilmasa, Vashington siyosatidan qat’i nazar, qit’a Rossiya bilan ochiq aloqa yo‘lini saqlab qolishi kerak.
– Yevropa ham ochiq aloqa kanallarini saqlab qolishi juda muhim, – degan u jurnalistlarga.
Fin yetakchisi RF bilan muloqot ertami-kechmi Yevropa darajasida tiklanishi kerakligiga urg‘u berib, tarang munosabatga qaramay, Finlyandiya va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqa va chegara nazorati bo‘yicha hamkorlik saqlanib qolishini ta’kidladi.
S.Rahimov, O‘zA