Keyingi paytlarda stress, tushkunlikka berilish kabi iboralar tez-tez qo‘llaniladigan bo‘lib qoldi. Buning yakuni esa ba’zida ajralish, ba’zan o‘z joniga qasd qilishga urinishdek xunuk oqibatlarni keltirib chiqarayotgani odamni tashvishga soladi.

Stress nima?  Uni keltirib chiqaruvchi omillar nimalardan iborat, kabi savollarga javob olish maqsadida   psixolog  Nozima Nosirovaga yuzlandik.

— Stress, ya’ni tushkunlikka berilish insonga qanday zarar yetkazadi?

— Stress inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim, degan ma’nolarni anglatadi.  Oddiy tilda tushkunlikka berilish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursatda, ayrim vaqtlarda esa uzoq jarayonlarda kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar yetkazadi. Ya’ni  aqliy faoliyatning sustlashishi, yurak urishi  tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki kasalliklar– oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga  ta’sir ko‘rsatadi. Stressning salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlantirib, fikrlardan ma’no topa olmaydigan insonga aylantirib qo‘yishi mumkin.

— Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi?

— Stressning  fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, kutilmaganda avtohalokatga yoki suv toshqiniga uchrash, yer qimirlashi, ichki organidagi biror kasallik oqibati nimaga olib kelishini bilib qolish, yaqin kishisini   birdaniga yo‘qotish  fiziologik stressni keltirib chiqaradi.

Psixologik stress insonning emotsional holatlari bilan bog‘liq. Bu ko‘proq    qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o‘rtasidagi mojarolar, hamkasblar yoki ko‘chadagi odamlar bilan muammoli holatlar tufayli kelib chiqadi. Psixologik stressni keltirib chiqaradigan faktorlardan yana biriga uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan ajralish yoki xatoliklar ro‘y berganida to‘satdan ishdan bo‘shatilish holatlari ham sabab bo‘ladi. Har ikki holat insonni ham tashqi qiyofasiga, ham ichki dunyosiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, albatta, asoratlari  bo‘ladi.

— Ba’zi bir odamlarda  fiziologik yoki psixologik stress holati kuzatilmasada,   hayotdan zerikish, o‘zidan qoniqmaslik, yashashga bo‘lgan istak kamayib ketadi. Bu  holatga qanday baho berasiz?

— Bu yashirin sabablardan kelib chiqadi. Inson yoshlikda yoki hayoti davomida yaqin odamidan  ko‘ngli to‘lmay yashashi   natijasida yig‘ilib qolgan tanglik oqibatida paydo bo‘ladi.  Ijtimoiy hayotda o‘zining o‘rnini topolmaslik, atrofdagilar tomonidan tan olinmaslik natijasida yig‘ilib qolgan asoratlar ham sabab bo‘lishi mumkin.  Bu omillar bir kun kelib o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.  O‘zini kamsitilgandek his qilish, hayotni qizig‘i yo‘qligi natijasida yolg‘iz his etadi va o‘z joniga qasd qilish haqida o‘ylay boshlaydi. O‘z joniga qasd qilish irodasizlik oqibatida kelib chiqadi. Hammasiga nuqta qo‘ysam, qutulaman, deb o‘ylaydi.  Odamni xayoliga bu fikr kelishi bilan  o‘z  ustida ishlashi kerak. Kamchilik va xatoliklarga yo‘l qo‘yish, uni tuzatish insonga xos. Ammo hayotni to‘xtatishga diniy tarafdan ham ruhiy tarafdan hech kim haqli emas.

— Tan olish kerak, ba’zi  erkaklar ayolining  kamchiliklarini farzandlari yoki atrofdagilar  yonida  oshkora aytib kamsitishadi, jerkiydi. Ayolning stressga tushishiga atrofdagilar ham sababchi bo‘lib qoladimi?

— Albatta, ayolning stressga tushishiga atrofdagilar ham sababchi. Ma’lum ma’noda, uning xarakteri ham  rol o‘ynaydi.  Hayotda optimist va pessimist insonlar bor. Masalan, optimist ayollar eri tomonidan kamsitilganida unchalik ahamiyat berishmaydi, bundan fojea yasab, tushkunlikka tushishmaydi. Aksincha, shunaqa pessimist onalar borki,  ro‘zg‘orida kamchilik borligi, arzimagan kartoshka tugab qolganiga ham  fojea, deb qaraydi. Ularning  turmush o‘rtog‘i tomonidan kamsitilishi judayam qattiq ta’sir qiladi. Hattoki, tushkunlik xolatlarini keltirib chiqaradi.  Har bitta inson kamchiliklarsiz yasholmaydi. Ayol kishi o‘zining kamchiliklarini tan olishi kerak. Tashqi ko‘rinishi,  ichki dunyosi yoki  qilayotgan ishlari tarafidan kamsitildimi, albatta, buni inobatga olishi shart. Xato va kamchiligini turmush o‘rtog‘iga ko‘rsata bilsa, “To‘g‘ri aytdingiz, mana bu kamchilikni topib to‘g‘riladim. Kamchiligimni aytganingiz uchun sizga minnatdorchilik bildiraman”, desa, olam guliston. Shunda erkaklarda ham ayolidan ko‘ngli to‘lish hissi uyg‘onadi.   Oilada ayol kishining o‘rni borligini  erkak tan oladi. Xafa bo‘lish aslo mumkin emas. Kamchiliklar har doim bo‘laveradi. Tuzatsak, yana yangisi boshlanadi. Hayot xatolarni tuzatishdan iborat.

— Tushkunlikda yurgan ayolni bu holatdan qutqarib olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

— Stress oqibatida depressiyaga tushgan ayollarga ayrim insonlar mehr bilan qaraydi. Qo‘llab- quvvatlagisi, yordam bergisi keladi. Lekin bunaqa insonlar hayotda juda  kam uchraydi. Doimiy tushkunlikda yuradigan odamlar  yaqinlarini ham charchatib qo‘yadi. Sababi, ular judayam mayda gap, kayfiyatsiz, biron bir ishni oxirigacha bajara olmaydigan,hovliqadigan, o‘zidan va atrofdagilardan noliydigan xususiyatga ega bo‘lib qolishadi. Bu esa yaqinlari va atrofidagilarning g‘ashiga tegadi. Ayrimlar urishib, ayrimlar umuman ahamiyat bermay, mensimay qaraydi.  Nima bo‘lgan taqdirda ham ularni qo‘llab- quvvatlash, zarur yordamni berish kerak. Har bir inson o‘z muammosini o‘zi yechadi. Psixologlar ularga yo‘l ko‘rsatishadi, xolos.

O‘zA muxbiri Nigora Rahmonova suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Stressni nimalar keltirib chiqaradi?