Stol tennisi: kichik raketkaning katta sport bayrami
Shu kunlarda hududlarda bir qator sport turlari bo‘yicha turli tashkilot va korxonalarda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Xususan, soliq organlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan respublika birinchiligi barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining chaqqonligi, mahorat va sportga bo‘lgan ishtiyoqini namoyon etdi.

Kichik raketkaning katta sport bayramini tuhfa etgan musobaqalar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi xodimasi Go‘zal Elmurodova birinchi, Sirdaryo viloyati vakili Odina Qurbonboyeva ikkinchi, Buxoro viloyati jamoasi a’zosi Ozoda Xodjayeva uchinchi o‘rinni egalladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA