Stol tennisi: Arujan Kamalova U19 yosh toifasida O‘zbekiston chempioni
Shu kunlarda poytaxtimizdagi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi sport majmuasida U19 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati musobaqalari o‘tkazilmoqda.
Kecha chempionat dasturiga muvofiq, birinchilikning qizlar o‘rtasida yakkalik musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan eng iqtidorli kichik raketka ustalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Shiddatli kechgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, U19 yosh toifasida Toshkent viloyati vakili Arujan Kamalova mamlakat chempioni degan sharafli nomga ega chiqdi. O‘z navbatida, kumush medal poytaxtlik Adelina Hasanovaga, bronza medal esa Toshkent viloyati terma jamoasi a’zosi Asel Yerkebayeva va andijonlik Dilnavoz Omonovaga nasib etdi.
Chempionat bahslari 22-aprelga qadar davom etadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA