Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Fan olimpiadalari markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarning STEM fanlariga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va rag‘batlantirish uchun fan olimpiadasini tashkil qilish, shuningdek, ta’limni rivojlantirishda turli yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Fan olimpiadalari markazi o‘rtasida qo‘shma qaror imzolandi hamda 2025 yilning aprel-iyun oylarida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasini  tashkil etishga kelishib olindi.

Olimpiadani o‘tkazishdan maqsad yurtimizda muhandislik sohasida faoliyat olib borishni xohlovchi yoshlarni tarbiyalash va iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobiliyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Olimpiada uch bosqichda (tuman, viloyat va respublika kesimida) o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich (tuman) – onlayn tarzda 1-7 aprel kunlari tashkil etiladi. Birinchi bosqichda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish, qatnashish va natijalarni aniqlash testbor.uz  ta’lim platformasi orqali amalga oshiriladi. Har bir fan kesimida ishtirokchilar orasidan ballar ketma-ketligida 5 nafargacha g‘olib aniqlanadi. 1-5-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar tashkiliy qo‘mitaning qarori bilan ikkinchi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Ikkinchi bosqich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri miqyosida 13-20 may kunlarida onlayn tarzda o‘tkaziladi. Yakuniy tanlovda ishtirok etish uchun ikkinchi bosqichda har bir hudud kesimida 1-5-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar saralab olinadi.

Uchinchi bosqich (final bosqichi) – 2-8-sinf o‘quvchilari uchun onlayn shaklda o‘tkaziladi. 10-11-sinf o‘quvchilari uchun Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti binosida o‘tkaziladi. 2-9-sinf o‘quvchilari orasidan top-100 talikka kirgan o‘quvchilarga 6 ta kategoriya bo‘yicha turli miqdorda pul mukofotlari beriladi. 10-11-sinf o‘quvchilari orasidan matematika, fizika va informatika fanlari bo‘yicha top-10 talikka kirgan o‘quvchilari 5 ta kategoriya bo‘yicha turli xil texnika vositalari bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, eng ko‘p va eng tezkor to‘g‘ri yechim topgan o‘quvchilarga iPhone 16 telefoni taqdim etiladi. Matematika, fizika va informatika fanlarida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan (jami 18 nafar) o‘quvchilar Astrum Korea IT Akademiyasi va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga 100 foiz grant asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

Olimpiada  mukofot jamg‘armasi 1 milliard so‘mni tashkil etadi. Olimpiada yakunida eng faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga bosh sovrin – "BYD Chazor" avtomobili sovg‘a qilinadi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
STEM fanlari bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 1 milliard so‘mlik olimpiada o‘tkaziladi