Navoiy viloyati Statistika boshqarmasi tomonidan Navbahor tuman hokimligida “Statistikaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

Statistika sohasi mutaxassislari, OAV xodimlari hamda tuman hokimligi mutaxassislari ishtirok etgan tadbirda statistikaning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, uning ishonchli ma’lumot manbai sifatidagi ahamiyati, shuningdek, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohalarda statistik tahlillar haqida so‘z yuritildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda statistik ma’lumotlar nafaqat davlat boshqaruv organlari, balki tadbirkorlar, olimlar va keng jamoatchilik uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ma’lumki, respublikamizda 2025-2026 yillarda aholini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘lib o‘tadi.

Matbuot anjumanida ishtirokchilarga ro‘yxatga olishning tarixi va huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati haqida ham ma’lumot berildi.

– Mamlakatimizda aholini ro‘yxatga olish 2026 yilning iyul-avgust oylarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat Statistika boshqarmasi ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘lim boshlig‘i Madina Yuldasheva. – Aholini ro‘yxatga olish ikki xil usulda, ya’ni internet jahon axborot tarmog‘i hamda xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda planshet qurilmalari yordamida elektron to‘ldirish orqali amalga oshirilishi mumkin. 

Aholini ro‘yxatga olish natijasida har bir hudud kesimida ma’lum bir sanadagi aholining aniq soni (yoshi va jinsi tarkibi, fuqaroligi, milliy tarkibi (keng qamrovli), oilaviy ahvoli, ma’lumoti, uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasi, mehnat resurslari, iqtisodiy faol aholi, aholi bandligi (kasbi va mutaxassisligi) va ishsizligi, daromad olish manbalari, migratsiya to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlar shakllanadi. Aholini ro‘yxatga olish makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni kelgusi 10-20 yillik davrga prognoz qilish uchun ham zarur. Statistik ma’lumotlar manzilli dasturlarni ishlab chiqish, fuqarolar salomatligini mustahkamlash, oilalarga moddiy ko‘maklashishda muhim ahamiyatga ega. Eng muhimi, yagona ma’lumotlar bazasi mamlakatimiz kelajagi, aholi turmush farovonligini oshirish uchun qabul qilinadigan hujjatlarda dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan statistika sohasini yanada rivojlantirish, ma’lumotlar sifatini oshirish va aholining statistik ma’lumotlardan keng foydalanishiga yo‘l ochish bo‘yicha qator taklif hamda tavsiyalar bildirildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Statistikaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni