Poytaxtimizdagi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki - IT Park raqamli texnologiyalar sohasidagi startaplarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan "Digital Startups" dasturini ishga tushirdi.

Mazkur dastur davlatimiz rahbarining joriy yil 14 oktyabrdagi “Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilib, startap ekotizimini rivojlantirish va mamlakatimizga xorijiy venchur investitsiyalarini jalb qilishga qaratilgan.  

Marosimni raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov kirish so‘zi bilan ochib, davlatimiz tomonidan startaplarni rivojlantirishga berilayotgan e’tibor xususida so‘z yuritdi. Joriy yilda startaplarning o‘sishi uchun ham moliyaviy, ham mentorlik yordamini o‘z ichiga olgan keng ko‘lamli dastur qabul qilingani, jumladan, inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarini ishga tushirish, infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiya qilish, yangi kovorking va ofis maydonlarini yaratish va boshqa ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilishini ma’lum qildi.  

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda startap ekotizimi jadal rivojlanayotgan bo‘lib, hozirda IT Parkda 400 dan ortiq istiqbolli startap mavjud. Jumladan,  muvaffaqiyatli loyiha sifatida Uzum raqamli ekotizimini keltirish mumkin.  

[gallery-20771]

Bundan tashqari, IT Parkdagi startap asoschilari umumiy qiymati 148 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan investitsiyalar va grantlarni jalb qilgan bo‘lib, uning aksariyati xalqaro fondlardan kelib tushdi. Xususan, Britaniyaning “Sturgeon Capital”  jamg‘armasi O‘zbekistondagi oltita loyihaga 11 million AQSH dollaridan ortiq investitsiya kiritdi. Startaplar bozorida aylanmasi 10 million dollardan oshadigan 50 dan ortiq mahalliy kompaniya paydo bo‘ldi. “Aloqa Ventures”  va “UzVC” kabi venchur fondlari ham startaplarni faol qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Yevropa, AQSH va Janubiy Koreyadan kelgan xalqaro investorlar esa mamlakatimiz bozoriga qiziqish bildirmoqda.

“Digital Startups” dasturi investitsiyalarni ajratish, xalqaro akseleratorlarda ishtirok etish xarajatlarini qoplash, tadbirkorlikka o‘qitish va intellektual mulkni patentlashni qo‘llab-quvvatlash kabi turli xildagi yordam mexanizmlarini o‘z ichiga oladi.

Ushbu dasturning asosiy afzalliklaridan biri, startaplarning o‘z investitsiyalarini ikki baravar ko‘paytirish imkoniyatidir.  

Bundan tashqari, innovatsion mahsulotlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun “Raqamli startaplar” dasturi doirasida bir qator qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari ko‘zda tutilgan. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturlarida ishtirok etish xarajatlarini qoplash - 50 foizgacha, mentorlarni jalb qilish xarajatlarini kompensatsiya qilish - 50 foizgacha, intellektual mulk ob’ektlarini patentlash va ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlarini qoplash, garov ta’minotisiz moliyaviy qarzlar ajratish shular jumlasidandir.  

Shuningdek, startaplar IT Park qoshidagi venchur fondidan investitsiyalarni jalb qilishlari mumkin bo‘ladi, xorijiy startaplarning asoschilari va ishtirokchilari esa mamlakatda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tish, tibbiy xizmat va ta’lim olish, ko‘chmas mulk xarid qilish imkoniyatini beruvchi IT-vizalarni olishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan banklar o‘zining venchur fondi va startap-studiyalarini yaratishi mumkin, bu esa O‘zbekiston startap ekotizimini mustahkamlashga, shuningdek, startaplar uchun investitsiyalarni faol jalb qilishga yordam beradi.

Tadbirda startaplar, investorlar va hamkorlarni birlashtirgan yagona “Startup Base” platformasi taqdim etildi.  

Shuningdek, mahalliy va xalqaro ekspertlar ishtirokida panel sessiyalar o‘tkazilib, unda xalqaro tajriba asosida venchur ekotizimini rivojlantirish masalalari hamda mahalliy startap muhitini mustahkamlash bo‘yicha reja va tashabbuslar muhokama qilindi.

“Digital Startups” dasturining ishga tushirilishi yurtimizda innovatsion tadbirkorlikni mustahkamlash, IT-loyihalarni rivojlantirish va xalqaro investitsiyalarni jalb qilishga xizmat qilishi bilan  muhim ahamiyat kasb etadi.  

Kamola YUSUPOVA,  

Asliddin ALIJONOV (surat),  O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi “Digital Startups” dasturi ishga tushdi