"Standartlarimizni yo‘lga qo‘ymas ekanmiz, kundan-kunga rivojlanib borayotgan bozorda raqobatlasha olmay qolamiz», dedi Prezidentimiz.

Shuningdek, birinchi yarim yillikda eksport hajmini 5,2 mlrd. dollarga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Mahalliy mahsulotlar eksportini oshirish uchun esa xalqaro standartlarni keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

«O‘zstandart» va «O‘zto‘qimachiliksanoat» may-iyun oylarida kamida 10 ta to‘qimachilik korxonasida OEKO-TEX standartlarini joriy etib, yil yakuniga qadar 50 taga yetkazilishi belgilandi.

Shuningdek, ikki oy muddatda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda, «BSI», «CIE», «Global gap» kabi xalqaro standartlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, mahalliy korxonalar mutaxassislarini joylarda o‘qishini tashkil qilish vazifasi yuklatildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yuzasidan «O‘zstandart» agentligi tomonidan aniq rejalar belgilab olindi. Shu kunga qadar Global GAP, Oeko Tex 100, SE markirovkasi qo‘llashni kengaytirish bo‘yicha o‘tgan 2020 yilda «Andijonkabel», “Quality Electronics”, “Quality Device”, “Orgsell”, “Nur Muxammad Islom Obod”, "Shaffof Metan Sanoat», ”Uzchasys“,va ”Maxsus Metan Sanoat» korxonalari SE markirovkasiga ega bo‘ldi.

SE markirovkasini qo‘llash orqali yuz niqoblarini ishlab chiqaruvchi «Med Protect Technology” korxonasida 150 ming dollar, «Quality Electronics» MCHJda 138 ming dollar, «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonasi hududidagi tibbiyot qo‘lqoplari ishlab chiqaruvchi “Nur Muxammad Islom Obod«korxonasida 310 ming dollar, maishiy texnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «Quality Device» MCHJda 159 ming dollarlik mahsulotlar xorijga eksport qilindi.

2021 yilning may oyi holatiga 11 ta korxona “Soft Care Hygiene”, “Medprotect Technology”, «Istiqlol», “JV JNS LABS”, “Climat Solutions”, “Fazo-Luxe”, “Next Generation Product”, “Cotton Textile”, «Konteks Tashkent“ ”Big Prom Service",korxonalari SE markirovkasiga ega bo‘ldi.

Joriy yilning yakuniga qadar 20 ta mahalliy korxonalarga SE markirovkasi olinishida amaliy yordam beriladi.

Oeko Tex 100 standarti bo‘yicha 2020 yilda 22 ta yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar, jumladan, “TEXTILE FINANCE KHOREZM”, “BAKAN TEX”,, “DAEWOO TEXTILE”, “ELEGANT GARMENT TEXTILE”, “INDORAMA KOKAND TEXTILE”, “OSBORN TEXTILE”, “FT TEXTILE GROUP”, “ALKIM TEKSTIL”, “GLOBAL TEXTILE SOLUTIONSJ», “TEXTILE MILL TASHKENT”, va boshqa korxonalari Oeko Tex 100 sertifikatiga ega bo‘ldi.

Oeko Tex 100 sertifikatini qo‘llash orqali to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “OSBORN TEXTILE XK» 442 ming dollar, “INDORAMA KOKAND TEXTILE” 250 ming dollar, “ELEGANT GARMENT TEXTILE MCHJ» da 375 ming dollar, “TEXTILE MILL TASHKENT MCHJ» da 350 ming dollardan ortiq mahsulotlar xorijga eksport qilindi.

2021 yilning may oyi holatiga 23 ta korxonalarning hujjatlar to‘plami shakllantirilib, Eksportni rag‘batlantirish agentligiga kiritildi. “COTTON TEXTILE” MCHJ, “Kamalak Shabnam Teks” MCHJ mahsulotlari uchun Oeko Tex 100 sertifikat rasmiylashtirildi.

 Joriy yilning yakuniga qadar 50 ta mahalliy korxonalarga Oeko Tex 100 sertifikat rasmiylashtirilishida amaliy yordam berilib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksport hajmi va geografiyasi oshishiga erishiladi.

 «O‘zstandart» agentligi Matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Standartlarsiz biz xorij bozorlariga kirib bora olmaymiz…”