SQB ning xalqaro kapital bozori va xavfsiz rivojlanişga qaratilgan yangi qadami
Aktivlar 104 trillion sömga yetdi, depozitlar 2,7 baravarga ösdi, biroq foyda dinamikasida tebranişlar bor.
Moliya bozorida bu körsatkiçlar turliça talqin qilinmoqda. Özi aslida bugun yirik banklar qanday strategik burilişni boşdan keçirmoqda? Özsanoatqurilişbankining Strategik rivojlantiriş departamenti direktori Dilşod Kalonov bularning barçasiga oçiq va mantiqiy javob berdi.
– Dilşod aka, oxirgi paytlarda moliya bozorlari va tahlilçilarning diqqat markazida banklarning çoraklik foyda dinamikasi turibdi. SQB misolida körsatkiçlarda tebranişlar sezilayotgani turliça talqin qilinmoqda. Aslida bu raqamlar ortida qanday jarayonlar yotibdi?
– Töğri taʼkidladingiz, moliyaviy bozorlar har doim raqamlarga eʼtibor qaratadi. Biroq, har qanday bank faoliyatiga baho berişda faqatgina joriy davrning sof foyda hajmiga qarab qolmaslik kerak, balki çuqur ketayotgan institutsional özgarişlarga eʼtibor qaratiş lozim. Bugun SQB şunçaki joriy daromad ortidan quviş davridan ötib, sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqiçga – barqaror va xavfsiz ösiş modeliga ötmoqda. Raqamlarga murojaat qilsak: sönggi uç yilda bankimiz aktivlari 1,4 baravarga, kapitali 1,5 baravarga, depozit bazasi esa 2,7 baravarga ösdi. 2026-yilning 9 oyi yakuniga köra aktivlarimiz 104 trln.sömga, kapitalimiz 13 trln. sömga, umumiy daromadlarimiz esa 51,7 foizga oşib, 20 trln. sömga yetdi. Sof foydadagi vaqtinça tebranişlar esa asosan portfelni yanada soğlomlaştiriş va kelajak uçun mustahkam zaxiralar yaratiş jarayoni bilan boğliq.

– Aytib ötganingizdek, xatarlarni boşqariş va zaxiralar masalasi hozirgi kunda har qanday yirik bank uçun ustuvor vazifa. Bu borada qanday konservativ yondaşuvlar qöllanilmoqda?
– Biz bugun ertangi kun xatarlarini oldindan köra biliş va ularga tayyor turiş tamoyiliga amal qilmoqdamiz. Şuning uçun ham kredit portfelining ehtimoliy yöqotişlarga qarşi zaxiralar bilan qoplaniş darajasini yil boşidagi 4,5 foizdan 5,4 foizga oşirdik. Bu – ataylab tanlangan profilaktik va ehtiyotkorona yondaşuv. Şuningdek, muammoli aktivlar bilan tizimli işlaş uçun maxsus taşkil etilgan “SQB Asset Invest” şöʼba korxonamiz ham balansni toza saqlaşda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
– Resurs bazasidagi özgarişlar va kreditlarning depozitlarga nisbati (LDR) böyiça ham ijobiy özgarişlar borligini taʼkidladingiz. Bu moliyaviy barqarorlikka qanday taʼsir qiladi?
– Albatta, bu eng asosiy körsatkiçlardan biri. Ilgarilari qimmatbaho taşqi resurslarga köproq boğliqlik bölgan bölsa, bugunga kelib mustaqil depozit bazamizning keskin kengayişi evaziga “LDR” körsatkiçimiz 414 foizdan 158 foizga yaxşilandi. Depozitlar hajmi 37,6 trln. sömga yetgani bankimizning içki resurslar hisobidan barqaror va arzonroq moliyalaştiriş modeliga ötganidan dalolat beradi.
– Moliyaviy körsatkiçlardan taşqari, bankda xalqaro standartlarni joriy etiş va korporativ boşqaruv yönalişida ham katta işlar qilinmoqda. Bular böyiça nimalarni aytib öta olasiz?
– Institutsional mustahkamlik moliyaviy muvaffaqiyatning poydevoridir. Biz Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki bilan hamkorlikda risk-menejment, ğaznaçilik, korporativ boşqaruv kabi 20 dan ortiq yönalişda ilğor xalqaro amaliyotlarni tatbiq etdik. Misol uçun, bugungi kunda Bank Kuzatuv kengaşining 11 nafar aʼzosidan 8 nafari (qariyb 73 foizi) mustaqil aʼzolardan iborat. Bu boşqaruvimizning oçiqligini va şaffofligini taʼminlaydi. Qolaversa, korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça ISO 37001:2016 xalqaro standartining joriy etilgani içki muhitimiz qançalik qatʼiy talablar asosida qurilganini körsatadi.
– Xalqaro kapital bozorlari va kelgusidagi rejalarga töxtalsangiz. SQB özining keyingi rivojlaniş bosqiçini qanday tasavvur qilmoqda?
– Biz oçiq bozor vositalaridan faol foydalanib kelmoqdamiz. Xususan, 2025-yilda xalqaro bozorda 300 mln. AQŞ dollari miqdoridagi AT1 instrumentlarini muvaffaqiyatli joylaştirganimiz xalqaro investorlarning işonçini körsatdi. Oktyabr oyida mahalliy birjada aksiyalarimiz narxi 50 sömgaça kötarilgani ham bozor iştirokçilarining uzoq muddatli kutilmalariga tayanadi. Hozirgi kunda biz nufuzli xalqaro konsalting kompaniyasi “Alvarez & Marsal” bilan birgalikda 2027–2029-yillarga möljallangan yangi Rivojlaniş strategiyasini işlab çiqiş jarayonidamiz. Asosiy maqsadimiz – tezkor va vaqtinçalik foyda ketidan quviş emas, balki bankning kapital sifatini yanada oşiriş, mijozlarga eng ilğor raqamli xizmatlarni taqdim etiş va uzoq muddatli raqobatbardoşlikni taʼminlaşdir.
ÖzA muxbiri
Zuhra MIRZABOYEVA suhbatlaşdi.
Reklama huquqi asosida