Sportsevar yoshlar maskani
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlaridan yanada samarali foydalanish, yoshlarimizning jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk bo‘lib kamol topishi uchun sharoit yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.
Mamlakatimizda bolalar sportini rivojlantirish, zamonaviy sport inshootlaridan yanada samarali foydalanish, yoshlarimizning jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk bo‘lib kamol topishi uchun sharoit yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumani Chimyon qishlog‘idagi 3-bolalar va o‘smirlar sport maktabi ham shunday olijanob maqsadga xizmat qilayotgan maskanlardan biri. Ayni paytda bu yerda 748 nafar o‘g‘il-qiz sportning futbol, boks, qo‘l to‘pi, stol tennisi, voleybol, belbog‘li kurash, milliy kurash va badiiy gimnastika kabi turlari bilan muntazam shug‘ullanayotir.