Sportsevar xotin-qizlar bellashuvi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimizda xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish orqali ularning salomatligini mustahkamlash, jamiyatda, oilada o‘z o‘rnini topishi va sog‘lom avlodni tarbiyalashi uchun muhim sharoitlar yaratilmoqda. Joylarda o‘tkazilayotgan sport musobaqalari ham bu boradagi sa’y-harakatlarning amaliy namunalaridan.
Ana shunday musobaqalarning navbatdagisi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashining “Ayollar qanoti” bo‘limi tomonidan hududdagi “Beltao‘” va “Atakel” ovul fuqarolar yig‘inida o‘tkazildi.
[gallery-21744]
Partiyaning “Sog‘lom oila – mustahkam oila” loyihasi doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha tashkil etilgan musobaqada tuman mahallalaridan 18-30 yoshgacha bo‘lgan sportsevar xotin-qiz ishtirok etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA