Sportga eʼtibor: yuksak marralar sari dadil qadamlar
Sport — nafaqat jismoniy kamolot, balki mamlakat va hududning xalqaro maydondagi nufuzini namoyon etuvçi muhim sohalardan biri. Unda erişilgan har bir ğalaba ortida sportçining matonati, murabbiyning maşaqqatli mehnati, yaratilgan şart-şaroit va izçil tizim mujassam.
Sönggi yillarda Toşkent viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantiriş, iqtidorli sportçilarni kaşf qiliş hamda xalqaro musobaqalarda munosib iştirokini taʼminlaş borasida salmoqli işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, hududdagi sport maktablari va murabbiylari mehnati samarasini xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erişayotgan sportçilar misolida yaqqol köriş mumkin. Ular orasida Olimpiya öyinlari çempioni, oğir atletika böyiça köp karra jahon çempioni Akbar Jörayev, boks böyiça jahon çempioni Törabek Habibullayev, yunon-rum kuraşi böyiça jahon çempioni Aytjan Xalmaxanov, Çirçiq şahrida tuğilgan taekvondoçi Svetlana Osipova kabi nomdor sportçilar bor. Şuningdek, kanoeda eşkak eşiş böyiça xalqaro musobaqalar ğolibi va sovrindori Artur Guliyev, baydarkada eşkak eşiş ustasi Şahriyor Mahkamov ham viloyat sportining xalqaro maydondagi salohiyatini namoyon etib kelmoqda.

Ayniqsa, 2025-yilda Aytjan Xalmaxanovning jahon çempionatidagi ğalabasi alohida eʼtiborga molik. Uşbu natija Özbekiston yunon-rum kuraşi tarixida 24 yillik tanaffusdan keyin jahon çempionligi qölga kiritilgan muhim voqea böldi. Viloyat sportçilarining xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlari 2026-yilda Yaponiyaning Ayçi–Nagoya şahrida ötkazilgan XX yozgi Osiyo öyinlarida ham davom etdi. Mazkur musobaqada Toşkent viloyati vakillari jami 14 ta medal — 4 ta oltin, 6 ta kumuş va 4 ta bronza medalni qölga kiritdi.
Bu natijalar viloyatda şakllangan sport maktablari, murabbiylar tajribasi va sportçilarning salohiyati xalqaro miqyosda öz samarasini berayotganidan dalolatdir. Eng muhimi, bu ğalabalar yoş avlod uçun katta ibrat va yangi marralar sari intilişga rağbat bölmoqda.

Sport sohasida barqaror natijalarga erişişda xalqaro tajriba, zamonaviy tayyorgarlik usullari va xorijiy sport taşkilotlari bilan hamkorlik muhim örin tutadi. Bu borada, Toşkent viloyatida xalqaro aloqalarni kengaytiriş, qöşma loyihalarni amalga oşiriş va sportçilar hamda murabbiylar örtasida tajriba almaşişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, Pokiston Islom Respublikasining nufuzli “Aitchison College” taʼlim muassasasi yoş sportçilari delegatsiyasining viloyatga taşrifi hamkorlikning amaliy körinişlaridan biri böldi. Taşrif doirasida mehmonlar Çirçiq olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazi hamda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyati bilan tanişdi. Özbekiston va Pokiston yoşlari örtasida basketbol, yengil atletika va futbol böyiça döstlik musobaqalari taşkil etildi.
Uçraşuvlarda sportçilar va murabbiylar örtasida tajriba almaşiş, qöşma öquv-maşğulot yiğinlari hamda musobaqalar ötkaziş istiqbollari muhokama qilindi.
Rossiya Federatsiyasi bilan aloqalar doirasida ham yangi taşabbuslar ilgari surilmoqda. Jumladan, Boşqirdiston Respublikasi bilan kuraş, belboğli kuraş va dzyudo böyiça qöşma musobaqalar taşkil etiş, sportçilar uçun öquv-maşğulot yiğinlarini ötkaziş, murabbiylar örtasida tajriba almaşiş masalalari kelişib olingan.

Şuningdek, Toşkent viloyati Sport boşqarmasi boşliği Rustam Boboqulov boşçiligidagi delegatsiyaning Rossiya Federatsiyasining Samara şahrida ötkazilgan XIII xalqaro sport forumidagi iştiroki ham sohadagi xalqaro aloqalarni rivojlantiriş, ilğor tajribalarni örganiş va yangi hamkorlik yönalişlarini belgilaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Albatta, bunday hamkorliklardan közlangan asosiy maqsad faqat aloqalarni yölga qöyiş emas, balki ularni aniq amaliy natijalar bilan boyitiş, sportçilarning tayyorgarlik sifatini oşiriş va viloyat sportiga zamonaviy yondaşuvlarni tatbiq etişdan iborat.
Sportçining mahorati va intilişi qançalik yuqori bölmasin, munosib maşğulot şaroiti hamda zamonaviy infratuzilmasiz katta natijalarga erişiş muşkul. Şu bois viloyatda sport obʼektlarini barpo etiş, mavjudlarini rekonstruksiya qiliş va mahallalarda ommaviy sport uçun qulay muhit yaratişga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.
Bugungi kunda Toşkent viloyatida jami 230 ta sport inşooti mavjud. 2022–2025-yillarda esa 178 ta yangi sport maydonçasi barpo etildi. Jumladan, 71 ta universal, 91 ta stritbol-vorkaut va 16 ta vorkaut maydonçasi foydalanişga topşirildi. Şu davrda “Taşabbusli byudjet” loyihalari doirasida 22 ta sport obʼektini rivojlantiriş uçun 25,8 milliard söm mablağ yönaltirildi.

2026-yilda ham bu boradagi işlar izçil davom ettirilmoqda. Jumladan, mahalliy byudjet, Olimpiya qömitasi va homiylik mablağlari hisobidan 9 ta sport obʼektida quriliş va rekonstruksiya işlarini amalga oşiriş uçun qariyb 62,9 milliard söm mablağ nazarda tutilgan. Investitsiya dasturi doirasida esa Ohangaron tumanida Olimpiya tayyorlaş markazini quriş va Bekobod tumanida eşkak eşiş sport bazasini rekonstruksiya qiliş uçun 108,55 milliard söm ajratiş közda tutilgan.
Bundan taşqari, 2026-yilgi “Taşabbusli byudjet”ning birinçi mavsumida 4 ta sport obʼektiga oid loyiha ğolib deb topilib, ularni amalga oşiriş uçun 6,523 milliard söm mablağ ajratiş belgilangan. Umuman, 2022–2026-yillarda sport infratuzilmasini rivojlantiriş uçun qariyb 203,8 milliard söm mablağ nazarda tutilgan. Bu raqamlar ortida mahallalarda yangi sport maydonçalari, zamonaviy maşğulot maskanlari va yoşlar uçun kengroq imkoniyatlar yaratişdek ezgu maqsadlar mujassam.
Sport sohasining istiqboli, eng avvalo, yoş avlodning jismoniy tarbiya va sportga bölgan qiziqişi, iqtidorli bolalarni öz vaqtida aniqlaş hamda ularning salohiyatini röyobga çiqariş bilan belgilanadi. Ayni paytda viloyatda 33 ta sport taʼlim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda yoşlarni sportga jalb qiliş, iqtidorli sportçilarni saralaş va professional sportga tayyorlaş işlari amalga oşirilmoqda.

“Prezident olimpiadasi”, “Beş taşabbus olimpiadasi”, “Maktablar ligasi”, “Mahalla ligasi” kabi ommaviy sport loyihalari esa minglab yoşlarni musobaqalarga jalb etiş, ularning sportga qiziqişini oşiriş va iqtidorini namoyon etişi uçun maydon yaratmoqda. Şu maʼnoda, 2025-yil yakunida viloyatdagi 883 ta mahallaga möljallangan sport anjomlari karvonining yölga qöyilişi ham eʼtiborga molik taşabbuslardan biri böldi. Qiymati 1 milliard sömdan ziyod bölgan sport jihozlari mahallalardagi mavjud imkoniyatlarni mustahkamlaşga qaratildi.
Aslida har bir çempionning muvaffaqiyati zamirida yillar davomidagi maşaqqatli tayyorgarlik, murabbiyning bilim va tajribasi, sport maktablarida şakllangan intizom va qatʼiyat yotadi. Şu bois sport sohasini rivojlantirişda murabbiylar salohiyatini oşiriş, taʼlim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş, sportçilarning xalqaro musobaqalarga puxta tayyorgarlik körişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş muhim ahamiyat kasb etadi.

Sportçilar va ularning ustozlarini munosib rağbatlantiriş, sport faxriylarining boy tajribasini yoş avlodga yetkaziş ham mazkur tizimning uzviy qismi hisoblanadi. Zero, bugungi yoş sportçining ertangi çempionga aylanişida nafaqat uning isteʼdodi, balki uni töğri yönaltira oladigan murabbiy va uni qöllab-quvvatlaydigan tizimning örni beqiyos.
A.Musayev,ÖzA