Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportga e’tibor – millat kelajagiga e’tibor

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, jismoniy tarbiya va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor Yangi O‘zbekiston kelajagini yuksaltirish, millat genafondini yanada sog‘lomlashtirishga qaratilgan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

 Hukumatimiz tomonidan soha rivojlantirish orqali O‘zbekiston sportini dunyo miqiyosida namoyon etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi “Sport-ta’lim muassasalari faoliyatini 2025 yilgacha rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi, 2021 yil 5 noyabrdagi “Yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “Workout” sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi, “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi, “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilar zahirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari mamlakatimiz sportini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotir. Shuningdek, sohada yosh va tajribali mutaxassislarni tayyorlash, ularning mamlakat, Osiyo hamda xalqaro sport musobaqalarida faol  ishtirokini ta’minlashda dasturilamal va huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqoridagi qarorlar va dasturdan kelib chiqib malakat miqiyosida jismoniy tarbiya va sport ta’limini yanada yuksaltirish, sportchilar zaxiralarini maqsadli tayyorlash, 2024 yil Parijda bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga alohida tayyorgarlik ko‘rish, aholi salomatligini jismoniy tarbiya va sport orqali mustahkamlashga alohida e’tibor qaratish zarur.

Buning uchun kadrlar salohiyatini yanada oshirish, sport tayyorgarligi eng muvaffaqiyatli tizimga ega bo‘lgan xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganish, yangicha fikrlaydigan mutaxasis hamda murabbiylarni tayyorlash uchun eng yangi sport texnologiyalaridan foydalanish, sport ixtisosligidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari va sportchilarni tayyorlash markazlari faoliyatini  qiyosiy tahlil qilish lozim.

Natijada so‘ngi yillarda ushbu sohada to‘planib qolgan muammolarni bartaraf etish orqali o‘zbek sportining jahondagi nufuzini yanada oshirish, barcha aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlarning sog‘lom turmush tarziga intilishlarini ta’minlash, ularni mardlik, sadoqat, Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga keng imkoniyatlar yaratiladi.

Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash kerakki, yuqoridagi hukumat qarorlari mohiyatini keng ommaga, sport maktablariga, oliy ta’lim muassasalari jismoniy madaniyat talabalari va professor-o‘qituvchilari orasida keng ko‘lamda muhokama qilish, uning mazmunini yoshlar ongiga singdirish davr talabi hisoblanadi.

Anvar Sattorov,  

Buxoro davlat universiteti dotsenti