Sportchimiz Vengriyada zafar quchdi
Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilayotgan jahon kubogi bosqichida mamlakatimiz sportchisi Artur Guliyev muvaffaqiyatga erishdi.
Shiddatli o‘tgan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Artur Guliyev 200 metrga kanoeda eshkak eshish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Yurtdoshimiz ushbu masofani 41.31 soniyada bosib o‘tdi.
Portugaliyalik Helder Silva 41.56 natija bilan 2-o‘rinni, italiyalik Mattia Alfonsi 41.82 ko‘rsatkich bilan 3-o‘rinni egalladi.
Artur Guliyev g‘alabasi sharafiga Vengriya sport maydonida O‘zbekiston bayrog‘i yuksalib, madhiyamiz baralla yangradi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA