Sportchilarimizning muvaffaqiyati
Qozog‘istonning Chimkent shahrida kamondan otish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida kamondan otish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etdi.O‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasidan ma’lum qilishicha, turnirda Islom Sayfullin ikki bor 70 metr masofaga kamondan otishda bronza medalni qo‘lga kiritdi va xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Munira Nurmanova ham ushbu masofaga kamondan otish bo‘yicha ikki bor uchinchi o‘rinni egalladi.
Jamoaviy bahslarda Islom Sayfullin, Amet Umirov va Shahboz Hojibekov, xotin-qizlar o‘rtasida Madina Akramova, Munira Nurmanova va Irina Savinovadan iborat jamoalarimiz bronza medal bilan taqdirlandi.