Sportchilarimizning muvaffaqiyati
Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan an’anaviy Butunjahon jangovor san’atlari festivalida to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan an’anaviy Butunjahon jangovor san’atlari festivalida to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi.Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarimiz kutib olindi.
Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor natijasida sportchilarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqalarda yuqori natijalarga erishmoqda.
Butunjahon jangovor san’atlari festivalida yigirmaga yaqin davlatdan 200 dan ortiq sportchi ishtirok etdi. Festivalda mamlakatimiz vakillari Ahmad Alimbekov, Muxtor Hojimurodov, Bahodir Yunusov va Fazliddin Vahobov bronza medalga sazovor bo‘ldi.
– Sportchilarimiz erishayotgan yuksak natijalar mamlakatimizda mahoratli sportchilarni tarbiyalash tizimi yo‘lga qo‘yilgani samarasidir, – deydi O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing assotsiatsiyasi raisi Sherzod Tursunoxunov. – Janubiy Koreyada o‘tgan festivalda ham kikboksingchilarimiz o‘z mahoratini namoyish etib, hech kimdan kam emasligini va kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi.