Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahridagi “Zayed Sport Venue” majmuasida tayekvondo WT bo‘yicha G2 tasnifidagi “Fujayra Open-2025”“ musobaqasining kattalar o‘rtasidagi bellashuvlari start oldi.

Erkaklar o‘rtasida tashkil etilgan ilk kungi bahslarda O‘zbekiston terma jamoasining sakkiz nafar sportchisi g‘oliblik uchun dayangga ko‘tarildi. Unda vazni 80 kilogrammgacha bo‘lgan Jasurbek Jaysunov barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Najmiddin Qosimxojiyev kumush, Yodgorbek Jo‘raboyev (74 kg.) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Bugun turnir doirasida ayollar o‘rtasidagi bellashuvlar o‘tkaziladi. Unda Madina Shoniyozova (46 kg.), Zuhra Tojimatova (46 kg.), Dilnoza Tangirova (49 kg.), Shabbona Abduvaliyeva (57 kg.), Ozoda Sobirjonova (67 kg.), Polina Xan (73 kg.), Svetlana Osipova (+73 kg.) yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarimiz “Fujayra Open-2025” musobaqasining ilk kunida 3 medalli bo‘ldi