Jizzax viloyati hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga mukofotlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Viloyat hokimi E.Soliyev koʻkrak nishonlarini sohiblariga topshirib, mukofotlanganlarni samimiy qutladi.

Mamlakatimizda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi, jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilishiga qoʻshgan munosib hissasi uchun “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar orasida katta tajribaga ega murabbiylar bor.

– Sport sohasida faoliyat yillar bilan emas erishilgan natijalar bilan oʻlchanadi, – deydi Forish tumani bolalar va oʻsmirlar sport maktabi yoʻriqchi uslubchisi Yusuf Shabayev. – Ushbu mukofotni olar ekanman, men oʻzimning faoliyatim besamar ketmaganligidan mamnun boʻldim. Davlatimizning eʼtibor va eʼzozi menga kuch-gʻayrat bagʻishladi. Yoshlarimizni mamlakatimiz sport salohiyatini yanada oshiradigan qilib tarbiyalashda bor bilim va tajribamni ayamayman.

Mukofotlanganlarga viloyat hokimligining sovgʻalari topshirildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchilarga koʻkrak nishonlari topshirildi
Жамият
23:11 / 30:09:2019