Sportchilar taqdirlandi
“Olimpiya shon-shuhrati” muzeyida O‘zbekiston bodibilding va fitnes federatsiyasi tomonidan 2014-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi va turli musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgan sportchilarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida yurtimizda sportning bodibilding turi ham jadal rivojlanayotgani ta’kidlandi.
Mamlakatimizning turli hududlarida bodibilding va fitnes bilan shug‘ullanish imkoniyati yaratilgan. Bu sport turi bo‘yicha sportchilarimizning xalqaro miqyosdagi musobaqalarda erishayotgan natijalari ham sezilarli darajada ortib borayotir. Jumladan, sportchilarimiz 2014-yil Makaoda o‘tgan Osiyo chempionati va Hindistonda tashkil etilgan jahon chempionatida yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi.
Tadbirda 2014-yilda erishilgan yutuqlar va kelgusi yili bo‘ladigan nufuzli musobaqalar, jumladan, Toshkent shahri mezbonlik qiladigan Osiyo chempionatiga sportchilarni puxta tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Turli musobaqalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan sportchilar munosib taqdirlandi.