Chirchiq shahridagi Iftixor mahallasida Velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovaga Prezidentimiz topshirig‘iga asosan yangi ikki xonali xonadon topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, hudud faollari, nuroniylar sportchining yaqinlari ishtirok etdi. 

[gallery-24294]

Viloyat hokimi Z.Mirzayev boshchiligidagi faollar sportchi va oila a’zolari bilan suhbatlashib uning yutuqlarini e’tirof etib, kelgusi faoliyatiga omad tiladi. Shundan so‘ng yangi xonadondagi sharoitlar bilan tanishildi. 

Ta’kidlash lozimki, kuni kecha davlatimiz rahbari 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda velosportchi F.Saipovani shaxsan tabriklagan edi. Shu bilan birga, u Prezidentimiz farmoni bilan erishgan yutuqlari va yurtimizning xalqaro obro‘-e’tiborini yanada yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgani uchun, “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi. 

– Prezident bilan uchrashish men uchun sharaf bo‘ldi, – deydi Fotima Saipova. – Tantanali marosimda ism-familiyamni o‘qishganida hayajondan ko‘zlarimga yosh keldi. Ko‘z oldimga ota-onam keldi. Juda hayajonlandim. Bugun esa viloyat hokimi qo‘lidan yangi uy kalitini oldim. Hammasi go‘yo tushdek bo‘ldi. 

A.Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sportchiga yangi xonadon kaliti topshirildi