Sportchi oilalar bahsi
Nukus shahrida “Otam, onam va men - sportchi oila” musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Nukus shahrida “Otam, onam va men - sportchi oila” musobaqasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda musobaqaning hududiy bosqichlarida gʻoliblikka erishgan oilalar bellashdi.
Musobaqa toʻsiqlar oshish estafetasi, mohir hujumchi, arqon tortish kabi shartlar boʻyicha oʻtkazildi.
Musobaqa yakunida Nukus shahar “Qutli makon” mahalla fuqarolar yigʻinidan Mars Habibullayevning oilasi gʻolib boʻldi. Sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.