Milliy gvardiyaning Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Qarshi shahri to‘rtinchi sektor hududida joylashgan mahallalarning otaliqqa olingan yoshlari o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, arqon tortish va futbol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.

Ushbu tadbir sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish va yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirni tashkil etishda Milliy gvardiya xodimlari va mahallalar yetakchilari yaqindan hamkorlik qildi. Har bir sport turi uchun maxsus maydonlar va zarur jihozlar tayyorlandi. Musobaqa oldidan qatnashuvchilarga sport qoidalari va xavfsizlik bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

– Har bir jamoa o‘z mahallasining nomini himoya qilib, yuqori natijalarga erishishga harakat qildi, – deydi kapitan Ahror Jumaboyev. – Ishtirokchilar orasida yoshlar bilan bir qatorda kattalarning ham borligi tadbirni yanada qiziqarli va keng qamrovli bo‘lishini ta’minladi.

Ushbu musobaqa aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga jalb qilish va mahallalar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/tEdLMqp-DyY?si=KKuMMv9lu55LQaoF" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport yoshlarni hamjihatlikka undaydi (+video)