Sport xabarlari
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan ATP tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin ilk g‘alabasini nishonladi.
Shaxmat. Qozog‘istonning Olmaota shahrida yakunlangan an’anaviy blits-turnirda hamyurtimiz Anton Filippov munosib ishtirok etdi. Turnirda o‘n bir nafar shaxmat ustasi g‘oliblik uchun bahslashdi. Tajribali shaxmatchimiz o‘n partiyaning beshtasida g‘alaba va uch durang natijani qayd etib, 6,5 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi.* * *
Tennis. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida davom etayotgan ATP tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirning asosiy to‘r bahslarida hamyurtimiz Denis Istomin ilk g‘alabasini nishonladi. Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi dunyo reytingida o‘n to‘rtinchi o‘rinda borayotgan latviyalik Ernest Gulbisga qarshi kortga chiqib, 7:5, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.