Sport xabarlari
Gollandiyaning Almere shahrida «Flower Cup 2015» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Fransiya, Polsha, Argentina kabi davlatlardan iqtidorli sportchilar ishtirok etgan musobaqada hamyurtimiz Anna Kasparyan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Trampolin. Gollandiyaning Almere shahrida «Flower Cup 2015» xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston, AQSh, Germaniya, Fransiya, Polsha, Argentina kabi davlatlardan iqtidorli sportchilar ishtirok etgan musobaqada hamyurtimiz Anna Kasparyan oltin medalni qo‘lga kiritdi.
* * *
Badiiy gimnastika. Fransiyada o‘tkazilgan Gran-pri turnirining jamoaviy bahslarida ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari tasma yordamida mashq bajarish bo‘yicha 16,4 ball jamg‘arib, bronza medal bilan taqdirlandi.
* * *
Sohil futboli. O‘zbekiston terma jamoasi Qatar poytaxti Doxa shahrida davom etayotgan Osiyo chempionatining «C» guruhidagi ilk uchrashuvda Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasini 6:5 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Yurtdoshlarimiz navbatdagi o‘yinda iroqlik futbolchilar bilan bahslashadi.