Sport xabarlari
Rossiyaning Qozon shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Boks. Rossiyaning Anapa shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan an’anaviy xalqaro turnirda hamyurtimiz Oybek Jo‘rayev bronza medal bilan taqdirlandi.Turnirda Rossiya, O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Kuba, Irlandiya, Gruziya, Isroil, Shotlandiya, Serbiya kabi yigirmaga yaqin davlatdan yosh charm qo‘lqop ustalari 10 vazn toifasida g‘oliblik uchun kuch sinashdi.
Vazni 52 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar bahsida qatnashgan Oybek Jo‘rayev kubalik Ariyel Perez va qozog‘istonlik Rustam Shaumenovni mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.
* * *
Futbol. Rossiyaning Qozon shahrida o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda “Bunyodkor” futbol maktabi tarbiyalanuvchilari bronza medalni qo‘lga kiritdi.
“Bunyodkor” jamoasi turnir davomida “Dinamo” (Belarus) jamoasi o‘smirlarini 2:1, “Qayrat” (Qozog‘iston) klubi tarbiyalanuvchilarini 1:0, “Zimbru” (Moldaviya) jamoasi a’zolarini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, uchinchi o‘rinni egalladi.