Sport xabarlari: Rossiya va Armaniston boksçilari Toşkentda, futzalçilar bahsida durang, yunon-rum kuraşida yangi çempionlar
10-11-noyabr kunlari mamlakatimiz sport hayoti öziga xos musobaqalar, natijalarga boyligi bilan ajralib turdi. Ayniqsa, futzal böyiça Özbekiston-Tojikiston terma jamoalarining örtoqlik uçraşuvlari, 10 ta mamlakat boksçilari poytaxtimizda maşğulot ötkazişga kirişayotgani, sport kuraşi vakillarining mamlakat çempionligi yölida bellaşuvlarga kirişgani muxlisu mutaxassislar eʼtiboridagi voqeliklar sanaladi.
Futzal: Özbekiston-Tojikiston bahsida murosa yöli tanlandi
Poytaxtimizdagi “Yunusobod” sport majmuasida futzal böyiça Özbekiston va Tojikiston milliy terma jamoalari örtasida ötgan ikkinçi örtoqlik uçraşuvida Özbekiston terma jamoasi turli kombinatsiyalar, pozitsion hujumlar tufayli ustunlikka erişgan bölsa-da, gol kiritiş borasida Tojikiston terma jamoasi omadliroq çiqdi.
Ikkinçi bölimdagi qarşi hujumlarda faol harakat qilgan qöşni mamlakat vakillari uçraşuv tugaşiga tört daqiqa qolganida hisobda oldinga çiqib oldi.
Mağlubiyat xavfi ostida qolgan jamoamiz qolgan daqiqalarda eʼtiborni hujumga qaratdi. Darvozabon örniga beşinçi maydon öyinçisi tuşirilişi öz samarasini berdi.
Öyin yakunlanişiga ikki soniya qolganida terma jamoamiz sardori Davron Çoriyev raqib darvozasini işğol etişi natijasida bahs 1:1 hisobida durang bilan poyoniga yetdi.

10 ta mamlakat boksçilari Toşkentda maşğulot ötkazadi
Joriy yilning 26-noyabr - 5-dekabr kunlari poytaxtimiz Toşkentda boks böyiça jahon kubogining final bosqiçi janglari bölib ötadi.
Bugun, 11-noyabrdan mazkur nufuzli musobaqa oldidan poytaxtimizda Rossiya, Italiya, Yaponiya, Serbiya, Ozarbayjon, Qirğiziston, Avstraliya, Singapur, Armaniston va mamlakatimiz terma jamoasi aʼzolari iştirokida xalqaro öquv-maşğulot yiğini boşlanadi.
Mazkur xalqaro yiğinda qatnaşiş uçun xorijiy terma jamoalarning yurtimizga taşrifi boşlandi. Keça tunda xalqaro maşğulotlarda qatnaşadigan Armaniston va Rossiya terma jamoasi aʼzolari Toşkentga yetib keldi.
Yunon-rum kuraşi: Özbekiston çempionlari aniqlanmoqda
Poytaxtimizdagi “Olimpiya şaharçasi” sport majmuasida yunon-rum, erkin va ayollar kuraşi böyiça kattalar örtasidagi Özbekiston çempionati bahslari boşlandi.
Keça Özbekiston çempionatining ilk kunida yunon-rum kuraşi böyiça 5 ta vazn toifasida ğolib va sovrindorlar aniqlandi.
Murosasiz bellaşuvlarda öz vazn toifalarida Ixtiyor Botirov, Mehroj Bahromov, Ilyos Abdinazarov, Bekmurod Rustamov va Behruz Barnoyev çempionlik şohsupasidan joy egalladi.
Bugun, 11-noyabr kuni yana 5 ta vazn toifasida sovrindorlar aniqlanadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA