Sport xabarlari
Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalari taqvimidan joy olgan «Fyuchers» turnirini hamyurtimiz Temur Ismoilov muvaffaqiyatli boshladi.
Qilichbozlik. Qozog‘istonning Almati shahrida o‘smirlar o‘rtasida davom etayotgan xalqaro turnirda terma jamoamiz a’zolari munosib ishtirok etmoqda.
Qizlar o‘rtasida mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan Madinabonu Parpiyeva barcha raqibini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, yana bir sportchimiz Lolita Ziyodxo‘jayeva bronza medal bilan taqdirlandi.
* * *
Tennis. Turkiyaning Istanbul shahrida Xalqaro tennis federatsiyasi – ITF musobaqalari taqvimidan joy olgan «Fyuchers» turnirini hamyurtimiz Temur Ismoilov muvaffaqiyatli boshladi.
U musobaqaning yakkalik bahslari birinchi davrasida Buyuk Britaniya vakili Tobi Martinga qarshi kortga chiqib, 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi tennischimiz ikkinchi davrada mezbon Anil Yuksel bilan bahslashadi.