Sport vazirligida mamlakatimizdagi tuman va shahar hokimlari bilan onlayn muloqot tashkil etildi. Unda hududlarda "Besh tashabbus olimpiadasi" hamda "Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari" musobaqalarini tashkil etish ishlari muhokama qilindi.

Aytish lozim, mamlakatimizda vazirlik va idoralar hamda hokimlar bilan muloqotni tashkil etish maqsadida "Hokim murojaati" elektron platformasi ishga tushirilgan.

Sport vaziri Adham Ikromov respublikamizdagi 23 ta tuman va shahar hokimlari bilan muloqotda hududlardan kelib tushgan 27 ta masalani tahlil etdi.

Sport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, muloqot davomida investitsiya dasturiga kiritilgan sport ob’ektlari, ularda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari va qurilishlarni o‘z vaqtida sifatli yakunlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan Nukus, Buxoro, Qarshi, Namangan, Termiz shaharlari hamda Sharof Rashidov, Uchqo‘rg‘on, Quyi Chirchiq, Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek tumanlari sport ob’ektlaridagi qurilish-ta’mirlash ishlarini tezlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Hududlarda yangi sport ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, ularning holatini yaxshilash bo‘yicha hokimlarning takliflari tinglandi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport vaziri tuman va shahar hokimlari bilan suhbatlashdi