“Buxoro yoshlari” gazetasi tahririyati Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat-notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat Fondi tomonidan ajratilgan 60 million so‘mlik grant mablag‘lariga ega bo‘lgan edi. Tahririyat loyiha doirasida Buxoro shahridagi “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda “Sport va men” tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida jismoniy nuqsoni bor yoshlar va ularning oilasi bilan suhbatlashildi. Sport sog‘lom hayot manbai ekani xususida targ‘ibot ishlari olib borildi va bolalar o‘rtasida mini futbol musobaqasi o‘tkazildi. 

– Bolaligimdan rasm chizishga, kitob o‘qish va sportga juda qiziqaman. Bugungi tadbirda ajoyib sovg‘alar oldim – deydi Durdona. – O‘zimga yanada ishonch kuch oldim. Hech bir tengdoshimdan kam emasligimni his qildim va bu kabi tadbirlarni ko‘proq tashkil etilishini xohlardim. 

Kitob, qalam va ruchkalar olgan Surayyo maktabda o‘qish orzusi ekanini aytadi. Tengdoshlari orasida o‘zini baxtiyor his qilar ekan, “Men ham yozish-chizishni endi o‘rganaman!” – deydi. 

Futbol to‘piga ega bo‘lgan Bahromjon esa quvonchini tilda emas, tengdoshlariga qo‘l xatti-harakatlari bilan tushuntirgan bo‘ldi. 

Tadbirda yuzga yaqin mahalla bolalari to‘plandi. Jismoniy nuqsoni bor tengdoshlarini qatorlariga qo‘shishdi. Jismoniy nuqsoni bor yoshlar o‘z qiziqishlari va o‘zlarini o‘ylantirayotgan savollariga javob oldi. 

“Sog‘lom hayot – baxtli kelajak” loyihasi doirasida Buxoro shahridagi Nizomiy Ganjaviy mahallasi fuqarosi Azima Nurova holidan xabar olindi. Azima dunyoga asli sog‘lom kelgan. Biroq, shifokorlarning e’tiborsizligi va noto‘g‘ri tekshiruvi sabab kasalmand bo‘lib qolgan. Uning so‘zlaridan, orzulari va ko‘ngliga tugib qo‘ygan niyatlari ko‘pligini angladik. 

– Bir nafar o‘g‘lim bor, – deydi Azima. – Yolg‘iz onaman. Hamma boyligim, quvonchim ham u. Ikkinchi guruh nogironiman. Mahallamiz moddiy va ma’naviy tomonlama yordam berib kelmoqda. “Ayollar daftari” va “Temir daftar” ro‘yxatidaman. Imkoni bo‘lsa, hunar o‘rganishni istardim. 
Mahalla raisi Nasiba Muhammedova uning qiziqishlarini tinglab, tikuvchilikni o‘rganish uchun viloyat mono-markazda o‘qishni tashkil etishga ko‘maklashishni bildirdi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Sport va men”