Sport turniri o‘tkazildi
Yoshlar oyligi doirasida Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida Navoiy kon-metallurgiya kombinati ma’muriyati va kasaba uyushmasi Kengashi, yoshlar yetakchilari Kengashi tashabbusi bilan “NKMK” AJ bo‘linmalarining yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol va voleybol turlari bo‘yicha “NKMK Bosh direktori kubogi” turniri o‘tkazildi.
Mini-futbol turnirida kombinat bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan yosh ishchi-xodimlardan tashkil topgan 8 ta jamoa o‘zaro kuch sinashib, g‘oliblik uchun bellashdilar.

“NKMK” AJ bo‘linmalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar o‘rtasida voleybol bo‘yicha o‘tkazilgan final bosqichining saralash bellashuvlarida ham g‘oliblik uchun 8 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, mini-futbol musobaqasida “Qizilqum” kon boshqarmasi jamoasi, voleybol musobaqasida esa Markaziy kon boshqarmasi jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, kubok sohibiga aylandi.

G‘olib va sovrindor jamoalar turnir tashkilotchilari tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri