Sport: Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahridagi “Mubadala Arena” sport majmuasida jiu-jitsu bo‘yicha o‘tkazilgan “AJP Tour Abu Dhabi International Jiu-Jitsu Championship 2026 – Gi” musobaqasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimi sovrindor bo‘ldi.
Nufuzli musobaqada ishtirok etgan Qishloq xo‘jaligi vazirligi bosh mutaxassisi Rasuljon Mamatov o‘z vazn toifasida munosib kurash olib borib, faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Do‘stona va yuqori professional muhitda tashkil etilgan chempionatda turli davlatlardan kelgan havaskor sportchilar o‘zaro tajriba almashib, jiu-jitsu sportidagi zamonaviy uslub va yondashuvlar bilan tanishdi.
Rasuljon Mamatov ushbu yutug‘i orqali tashkilotlarda mehnat qilish asnosida sport bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun katta ishtiyoq va ibrat namunasi bo‘ldi. Bu, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA