Sport: Özbek jang sanʼati, belboğli kuraş va gimnastika ustalari mamlakat kubogi uçun bahslaşdi
Ötgan haftaning sönggi kunlarida Çirçiq şahrida özbek jang sanʼati ustalari, Farğona şahrida belboğli kuraşçilar, Navoiyda badiiy gimnastikaçilar Özbekiston kubogi bahslarida sovrinli örinlarga daʼvogarlik qildi.
Özbek jang sanʼati: Andijon, Buxoro va poytaxt yoşlarining mahorati
Çirçiq şahridagi Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti majmuasida özbek jang sanʼati böyiça yoşlar, ösmirlar va kattalar örtasida ötkazilgan Özbekiston kubogi musobaqalarida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahri va barça viloyatlarning 800 nafardan ziyod sportçilari sovrinli örinlar uçun bahs olib bordi.
Özbek jang sanʼatining "Mergan çavandoz", "Mergan sportçi" hamda "Temuriylar bellaşuvi" yönalişlari böyiça ötgan musobaqalar sarhisobiga köra, yoşlar örtasida Andijon viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinçi örinni qölga kiritdi. Ikkinçi örinni Samarqand viloyati vakillari, uçinçi örinni Navoiy viloyati jamoasi egalladi.
Ösmirlar örtasidagi bahslarda Buxoro, Toşkent, Namangan viloyati sportçilari, kattalar örtasida Toşkent şahri, Jizzax va Farğona viloyati jamoalari yetakçilikka erişdi.
Farğonalik polvonlar şiddati
Farğona Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlaş markazida belboğli kuraş böyiça erkaklar va ayollar örtasida ötkazilgan Özbekiston kubogi musobaqalarida 200 nafarga yaqin eng sara polvonlar öz vazn toifalarida ğoliblik uçun bahs olib bordi.

Belboğli kuraşning klassik, erkin yönalişlaridagi şiddatli bellaşuvlari natijasida mahoratli sportçilar körsatkiçlariga qarab terma jamoadan örin egalladi.
Murosasiz keçgan musobaqa yakunida umumjamoa hisobida eng köp medallarga egalik qilgan Farğona viloyati jamoasi birinçi örinni, Namangan viloyati polvonlari ikkinçi, Toşkent viloyati jamoasi uçinçi örinni band etdi.
Toşkentlik gimnastikaçilar Navoiyda ğoliblikka erişdi
Navoiy şahridagi “Yoşlar” sport majmuasida badiiy gimnastika böyiça kattalar örtasida Özbekiston kubogi musobaqasi bölib ötdi.
Respublikamizning barça hududlaridan 120 nafardan ortiq gimnastikaçilar jamoaviy va yakka tartibdagi bahslarda öz mahoratini namoyiş etdi.
Jamoaviy natijalarga köra, Toşkent şahri Özbekiston kubogini qölga kiritdi. Keyingi poğonalarni Samarqand va Navoiy viloyati vakillari egalladi.
T.Röziyev,
ÖzA