Sport maydonida xotin-qizlar
Poytaxtimizda shahar jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi sovrini uchun 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayramiga bagʻishlab ayollar oʻrtasida voleybol, stol tennisi, suzish, shaxmat va shashka boʻyicha musobaqalar oʻtkazildi.

Unda Yekaterina Nardisheva, Irina Lukiyenko (suzish), Natalya Levanova (stol tennisi), Rohila Abdullayeva (shaxmat), Mahliyo Sultonova (shashka) gʻoliblik shohsupasiga koʻtarildi. Voleybol boʻyicha oʻtkazilgan musobaqalarda Olmazor tumani jamoasi gʻoliblik nashidasini surdi.
Umumjamoa hisobida Yashnobod tumani 1-oʻrinni egalladi. Shuningdek, “Eng ahil jamoa”, “Gʻalabaga boʻlgan ishonch”, “Eng namunali jamoa”, “Eng faol jamoa”, “Eng irodali jamoa”, “Eng quvnoq jamoa”, “Eng intizomli jamoa”, “Eng chaqqon jamoa” kabi nominatsiyalarda ham gʻoliblar aniqlandi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.