Shu kunlarda Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda sport kurashlari bo‘yicha U15 va U20 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Ortda qolgan kunlarda U15 yosh toifasida qit’a chempionati g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Mamlakatimizning yosh yunon-rum kurashi ustalari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqqan bo‘lsa, 15 yoshgacha bo‘lgan erkin kurashchilar musobaqasida hamyurtlarimiz 2 tadan oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Kecha chempionat dasturiga binoan U20 toifasida yunon-rum kurashi vakillari o‘rtasidagi dastlabki kungi bellashuvlar o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan Amirxon Berdiqulov -130 kilogramm og‘irlikda kumush medal, Bobur Abdurasulov -87 kilogrammda bronza medali sohibi bo‘ldi.
Musobaqalar davom etmoqda.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA