Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bahslaridan fotoreportaj
Mamlakatimizda sport gimnastikasini keng ommalashtirish, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turiga qiziqishni oshirish hamda xalqaro maydonlarda raqobatbardosh sportchilarni tayyorlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 23-dekabrdagi “Gimnastika sport turlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda 2025-yil 8-iyuldagi “2028-yil Los-Anjeles shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXIV yozgi Olimpiya va XVIII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
[gallery-29553]
Mazkur qarorlar ijrosi doirasida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bahslari yuqori saviyada tashkil etilmoqda.
Bugun musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Nufuzli sport anjumanida mamlakatimiz sportchilari bilan bir qatorda Armaniston, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Gruziya, Hindiston, Iordaniya, Islandiya, Qatar, Qozog‘iston, Latviya, Mo‘g‘uliston, Shveysariya, Suriya, Turkiya, Vengriya, Vetnam hamda Xorvatiyadan kelgan sportchilar ham ishtirok etmoqda.
Musobaqa ishtirokchilari turli yo‘nalishlarda o‘z mahorat va imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon kubogi bahslari 25-mayga qadar davom etadi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA