Sport gimnastikachi yigitlarimiz xalqaro turnirda sovrindor bo‘ldi
Lyuksemburg shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan “Luxembourg International Gymnastics Tournament” xalqaro turnirida O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi a’zolari umumjamoada 2-o‘rinni egalladi.
Dunyoning eng mahoratli gimnastikachilari ishtirokida tashkil etilgan nufuzli turnirda mamlakatimiz sportchilaridan Ravshan Kamiljonov o‘z yo‘nalishida kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Ahrorxon Temirxonov va Habibullo Ergashev bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA