Sport bahslarida - tibbiyot xodimlari
FOTOREPORTAJ
Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush qaror toptirish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirish, sportni yanada ommalashtirish maqsadida Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialida mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Viloyatdagi tibbiyot muassasalari jamoalari o‘rtasida kechgan qiziqarli va murosasiz bahslarda mini futbol bo‘yicha 1-o‘rinni mezbon jamoa egalladi. Voleybol bahslarida oltiariqlik tibbiyot xodimlari peshqadamlik qilgan bo‘lsa, shaxmatda 1-o‘rinni erkaklar o‘rtasida Quva tumani tez tibbiy yordam stansiyasi xodimi Mashrabjon Boynazarov, ayollar o‘rtasida ham quvalik Muattar Madaliyeva qo‘lga kiritdi. Shashka bellashuvida g‘oliblik erkaklar o‘rtasida Quva tumani TTYO stansiyasi xodimi Davlatbek Sattorovga, ayollardan Farg‘ona shahar TTYO stansiyasi xodimi Nilufar Jamoldinovaga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
[gallery-17535]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA