Sport arbitraj sudi Afrika Millatlar kubogi finali böyiça qarorini e'lon qildi
Marokaş futbol federatsiyasi esa CAS qarori ustidan şikoyat qiliş niyatida ekanini ma'lum qildi.
Afrika Millatlar kubogi finali atrofidagi uzoq davom etgan huquqiy tortişuvlarda Senegal terma jamoasi foydasiga qaror çiqarildi.
24-noyabr kuni Lozanna şahrida joylaşgan Sport arbitraj sudi (CAS) Senegal futbol federatsiyasining apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Natijada Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) tomonidan Marokaşga berilgan 3:0 hisobidagi texnik ğalaba bekor qilinib, finalning dastlabki natijasi — Senegalning 1:0 hisobidagi ğalabasi tiklandi.
Eslatib ötamiz, 2026-yilning 18-yanvar kuni Rabot şahrida ötkazilgan final uçraşuvi mojaroli vaziyat bilan yodda qolgandi. Asosiy vaqt yakunida Marokaş foydasiga penalti belgilangaç, senegallik futbolçilar norozilik sifatida maydonni vaqtinça tark etgan edi.
Sadio Manening sa'y-harakatlari bilan futbolçilar maydonga qaytdi. Marokaş terma jamoasi a'zosi Braim Dias penaltidan foydalana olmadi. Qöşimça vaqtda esa Pap Gey tomonidan kiritilgan gol Senegalga çempionlikni keltirdi.
Biroq mart oyida CAF apellyatsiya qömitasi Senegalga texnik mağlubiyat yozib, Marokaşni musobaqa ğolibi deb e'lon qildi. Senegal futbol federatsiyasi mazkur qaror ustidan 25-mart kuni CASga murojaat qildi.
Sport arbitraj sudining uç nafar hakamdan iborat hay'ati finalni davom ettiriş yoki muddatidan oldin yakunlaş vakolati faqat boş hakamga tegişli ekanini ta'kidladi. Uçraşuv davom ettirilib, sport natijasi bilan yakunlangani sababli Senegalga texnik mağlubiyat yozilişi asossiz deb topildi.
Mazkur qaror sud hay'ati tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.
Şu tariqa, Senegal 2025-yilgi Afrika Millatlar kubogi ğolibi maqomini tiklab, öz tarixida ikkinçi bor qit'a çempioniga aylandi.
Marokaş futbol federatsiyasi esa CAS qarori ustidan şikoyat qiliş niyatida ekanini ma'lum qildi.