Muxriddin Muxiddin o‘g‘li ABDUG‘ANIYEV Doktorant Andijon davlat universiteti Andijon, O‘zbekiston mr_muhriddin_20@mail.ru Elyor Normurodovich MO‘MINOV Assistent Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent, O‘zbekiston elton_0510@mail.ru
Annotatsiya
Dunyodagi ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda, raqamli signallar bilan ishlashda splayn funksiyalaridan foydalanish keng qo‘llaniladi. Hozirgi vaqtda raqamli signallarni tanlashning ko‘plab usullari mavjud. Ularga misol qilib Lagranj va Nyuton interpolyatsion usullari, splayn funksiya, Fure qator va ko‘rsatkichli funksiyalarni yaqinlashtirish usullari, chiziqli tenglamalar tizimini yechishning ortogonal usullari, diskret to‘lqinli transformatsiyalar va bir qator boshqa interpolyatsion usullari kiradi. Tadqiqot davomida teng oraliqlar uchun kubik B-splayn funksiyasi va lokal Natural splayn-funksiyasi tanlab olingan. Ushbu maqolada funksiyalarni interpolyatsiya jarayoni lokal kubik splayn funksiyalarni berilgan analitik funksiyalarga yaqinlashishi batafsil yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: Lokal splayn-funksiyalar, lokal Natural splayn-funksiya, interpolyatsiya jarayoni, kubik B-splayn, analitik funksiyalar.